Apple Watch Nike+ 28 oktyabrda sotuvga chiqariladi

Apple Watch Nike+ 28 oktyabrda sotuvga chiqariladi

AQShning Apple va Nike kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Apple Watch Nike+ smart-soati ilk marotaba sentyabr oyining boshida Apple iPhone 7 taqdimotida namoyish etilgan edi. Biroq taqdimotda modelning qachon sotuvga chiqarilishi ma’lum qilinmadi.

Yaqinda internet tarmog‘ida tarqalgan ma’lumotda Apple Watch Nike+ sotuvlari 28 oktyabrda boshlanishi to‘g‘risida xabar berildi. Bu borada ommabop Mashable nashrida ham batafsil yozilgan.

Apple Watch Nike+ versiyasi Watch series 2 modeli asosida yaratilgan bo‘lib, uning o‘ramiga Nike sport bog‘ichlari ham kiritiladi. Soatda  Siri assistenti va Nike siferblati ko‘zda tutilgan. Shuningdek, u  Nike+ Run Club ilovasi bilan integratsiyalangan.

Og‘irligi 38 yoki 42 grammni tashkil qiladigan Apple Watch Nike+ 2016 yilning 28 oktyabrida turli mamlakatlarda sotuvga chiqariladi. Narxi  369 dollarni tashkil qiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!