Apple Watch’ning ilk birikuvchi quvvatlash qurilmasi sotuvga chiqarilmoqda

Apple Watch’ning ilk birikuvchi quvvatlash qurilmasi sotuvga chiqarilmoqda

Apple kompaniyasi o‘zining Apple Watch “aqlli soat”lariga mo‘ljallangan dok-stansiya, ya’ni birikuvchi zaryadlash qurilmasini sotuvga chiqarmoqda. Smart soatlarni elektr ta’minoti kabeli bilan ulashga xizmat qiladigan ushbu mo‘’jaz konstruksiyaga yotoqxona tumbochkasidan ozgina joy ajratishga to‘g‘ri keladi.

Bir muddat avval norasmiy ma’lumot tariqasida ommalashgan bu xabar kompaniya tomonidan rasman tasdiqlandi. Quvvatlantirgich dok-stansiyasining shakli va hajmi CD diskni eslatadi. Qurilmaning markaziy qismida joylashgan magnitli quvvatlantirish blogiga aqlli soatning orqa qismini yotqizgan holatda yoki blokni rostlab, soatni yonboshi bilan qo‘ygan holatda soatlarni zaryadlash mumkin.

Қурилманинг марказий қисмида магнитли қувватлантириш блоги мавжуд.

Quvvatlantirish stansiyasini Lightning/USB kabellari, shuningdek 5 Vt kuchlantirish imkoniga ega Apple USB ta’minot moslamasi yordamida ta’minot tizimiga ulash mumkin.

Aqlli soatlar yonboshiga qo‘yib quvvatlantirilayotganida avtomatik ravishda tungi rejimga o‘tadi va undan budilnik sifatida ham foydalanish mumkin. Apple’ga xos uslubga ko‘ra, qurilmaning shakli g‘oyatda ixcham.

Zamonaviy uslubga xos qurilma

Shu kungacha Apple Watch foydalanuvchilari uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining elektron qurilmalarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan birikuvchi stansiyalaridan foydalanib kelishayotgan edilar. Ulardan foydalanish imkoniyati esa joriy yilning sentyabr oyida kompaniya tomonidan aqlli soatlar uchun ishlab chiqilgan watchOS 2 platformasining yangilangan talqini taqdim qilingach yanada oshgan edi.

Qurilmaning AQShdagi bahosi 79.99 AQSh dollari ekanligi ma’lum qilingan va u 20 noyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi. Buyuk Britaniyada mazkur quvvatlantirish moslamalarini qayerdan sotib olish mumkinligi ma’lum bo‘lmasa ham, uning bu mamlakatda 65 funtdan sotilishi kutilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, aqlli soatlarimizni zamonaviy usulda quvvatlantirish borasidagi tanlovimiz unchalik ham arzonga tushmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!