Apple Watch Series 4 Nike+ savdoga chiqdi: sportchilar va yugurishni yaxshi ko‘radiganlar uchun aqlli soat

  •   Saroy
  •  477
  •  06.10.2018 12:17

Apple Watch Series 4 Nike+ savdoga chiqdi:  sportchilar va yugurishni yaxshi ko‘radiganlar uchun aqlli soat

Apple kompaniyasi yangi Apple Watch Series 4 Nike+ aqlli soatlarining maxsus versiyasini  savdoga chiqardi.

Apple Watch Series 4 Nike+ sportchilar va yugurish ixlosmandlari uchun qo‘lda taqib yuradigan  gadjet sifatida taklif etilmoqda. Smart-soat Nike Run Club ilovasi bilan ta’minlandi.  Ilovaning standard versiyasi ham ishlaydi faqat uni yuklab olishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING:Fossil BMW uchun smart-soatlar yaratish bilan shug‘ullanadi

Aqlli soatlarning yangi modifikatsiyasi asosiy versiyasiga qaraganda ancha chiroyli yasalgan. Remenlarida teshiklari bor, nur qaytaradigan Nike Sport Loop remeni va siferblatini ham qo‘shish mumkin.

Apple Watch Series 4 Nike+ aqlli soatlari allaqachon savdo rastalariga chiqarilgan. Gadjetning narxi 399 AQSh dollaridan boshlanadi.

O‘QING:HTC smart soatlari sanoatni butunlay o‘zgartirib yuboradi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.