Apple yana bitta tengsiz innovatsion gadjet patentladi!

  •   DiMaX
  •  1407
  •  08.02.2018 10:38

Apple yana bitta tengsiz innovatsion gadjet patentladi!

Texnologiyalarning bugungi taraqqiyot tezligi shu darajaga yetganki, kishilar hali tasavvur ham qila olmaydigan, yoki amalga oshirib bo‘lmas xayolot mahsuli hisoblagan narsalar ham yaratilmoqda. Kupertinolik gigantning navbatdagi patenti ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

O‘QING: Apple’ning unutilgan 10 mahsuloti + bonus

Shu kunlarda Apple kompaniyasi yangicha innovatsion ruchka uchun patent olgani ma’lum bo‘ldi. U har qanday yuzada yoza olishidan tashqari, hech qanday yuzasiz – shunchaki havoda ham yozib-chiza oladi!

Yangi ishlanmaning siri shundaki, ruchkaning harakatlanishini joylashuv va harakat datchiklari, kamera, shuningdek, elektromagnit yoki ovoz to‘lqinlari yordamidagi triangulyasiya tizimi qayd etib turadi. Shunga qarab, u ulangan qurilma ekranida tegishli bitiklar yozilib boradi.

Ruchkaning uchini bosish kuchini sezadigan qilish nazarda tutilgan, yassi yuzalarga chizish-yozishda shundan foydalaniladi.

Xabarlarga ko‘ra, Apple bu patent uchun 2016 yilning iyulida ariza topshirgan ekan. Yangicha innovatsion texnologiyaga ega ruchkaning ommaviy tarzda ishlab chiqarilishga joriy etilishi aniq emas.

O‘QING: Har qanday predmetni o‘lchaydigan smart-ruchka yaratildi (video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.