Apple yangi formatdagi WWDC 2020’ni e’lon qildi: unda nimalarni ko‘ramiz?

  •   DiMaX
  •  677
  •  06.05.2020 16:56

Apple yangi formatdagi WWDC 2020’ni e’lon qildi: unda nimalarni ko‘ramiz?

Kupertinolik korporatsiya dasturchilarga mo‘ljallangan Worldwide Developers Conference anjumanini e’lon qildi. Mazkur tadbirlarning har yilgilaridan farqli ravishda, WWDC 2020 konferensiyasi onlayn formatda o‘tkaziladi.

O‘QING: iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

WWDC 2020 tadbiri 22 iyun – dushanba kuni ochiladi. O‘sha sananing o‘zida Apple bir qator yangi mahsulotlarini namoyish qiladi. Ular orasida operatsion tizimlarning yangi talqinlari: iOS 14, iPadOS 14, macOS 10.16 hamda watchOS 7 bo‘lishi aniq. Bulardan tashqari, kupertinoliklar yangi gadjetlari taqdimoti ham bo‘lib o‘tishi mumkin.

Dasturchilar uchun WWDC 2020 konferensiyasining o‘zi bir hafta davom etadi. Apple e’loniga ko‘ra, unda qatnashishni istagan barcha dasturchilarga eshiklar ochiq – Apple Developer platformasi orqali va onlayn tartibda, albatta. Odatda ular uchun Worldwide Developers Conference anjumani pulli bo‘lardi, bu yil esa koronavirus pandemiyasi tufayli ilk bora bepul o‘tkazilyapti.

WWDC 2020 doirasida talaba-dasturchilar orasida Swift Student Challenge tanlovi ham ko‘zda tutilgan. Korporatsiya dasturchilarga bu yilgi konferensiyada qatnashish uchun Apple Developer ilovasini o‘rnatib olishni tavsiya etmoqda.

O‘QING: Barcha iPhone 12’larning narxlari aytildi: boshlang‘ich modeli iPhone 11’dan ham arzon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.