Apple yangi iPhone’larga 5G-modem uchun boshqa hamkor topdi

  •   DiMaX
  •  1069
  •  17.11.2017 15:15

Apple yangi iPhone’larga 5G-modem uchun boshqa hamkor topdi

Kupertinolik gigant o‘z qurilmalarida Qualcomm mahsulotlaridan butunlay voz kechishga qaror qilgan. Uning o‘rnini Intel hamda MediaTek egallaydi. Endi ma’lum bo‘lishicha, Intel allaqachon bo‘lajak iPhone’lar uchun 5G-modem yaratish ustida ish boshlagan, deb yozadi Mac Rumors nashri.

O‘QING: Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishga chek qo‘ymoqchi

Xabarga ko‘ra, Intel modemlari o‘rnatilgan ilk Apple mobil qurilmalari 2019-2020 yillari bozorga chiqishi kerak. Shu muddatga qadar ikkala kompaniya protsessor, GPU va boshqa iPhone qismlarini ham o‘z ichiga oluvchi chipga Intel modemini integratsiya qilib ulgurishlari lozim. Rejaga ko‘ra, chip Intel hamda Apple hamkorligida yaratilib, Intel tomonidan ishlab chiqariladi.

Intel fikricha, uning birinchi 5G-chiplari 2019 yilga – hali 5G tarmoqlari keng yoyilishga ulgurmay turib tayyor bo‘ladi. Shunisi ham borki, Qualcomm allaqachon mobil qurilmalar uchun dunyodagi ilk 5G-modemni yaratib bo‘lgan.

O‘QING: Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi (+video)

Kutilishicha, 5G standartida ma’lumot uzatish tezligi 4G avlodiga nisbatan 10-100 karragacha tezroq kechadi. Hozirda ko‘plab yirik ishlab chiqaruvchilar o‘z qurilmalarini mazkur standartga moslash ishlarini olib borishmoqda. Hatto allaqachon yangi avlod simsiz aloqa tarmog‘ida ishlovchi mobil qurilmalar ham yaratilgan.

O‘QING: Qualcomm xodimi ilk 5G smartfon suratini tarqatib yubordi