AQSh armiyasi raqamli tahdidlardan ishonchli himoyalanmagan

  •   Saroy
  •  700
  •  13.10.2018 15:30

AQSh armiyasi raqamli tahdidlardan ishonchli himoyalanmagan

AQSh  byudjet-nazorat bo‘yicha bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha,  «Mamlakat qurollari tizimining butun boshli avlodi» amalda kiberhujumdan himoyalanmagan.

AQSh qurolli kuchlarining kiberxavfsizligi masalalarini o‘rganish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bu borada  ko‘p muammolar to‘planib qolgan. GAO mutaxassislari (AQSh byudjet-nazorat bosh  boshqarmasi) tekshiruv natijalari haqida hisobot yozar ekan, AQSh qurollarini buzib kirish juda oson deb xulosa chiqarishdi. Tashkilot mutaxassislari muntazam ravishda qurol-yarog‘larning barcha tizimida jiddiy kamchillik mavjudligini  aniqladilar. qurollar tekshirish vaqtida ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan.

O‘QING:Puldan ham muhim narsalar bor: Google Pentagonning 10 milliard dollaridan voz kechdi

Qaysi toifadagi qurollar buzib qirishga moyilligini GAO mutaxassislari oshkor etmagan. Ammo tekshirish natijalarining guvohlik berishicha, muammolarni bartaraf qilish choralari kechiktirilmay qilinishi kerak. Masalan, qurollardan birining intellektual tizimiga kirish uchun tegishli bo‘lgan parol 10 soniyada topildi, boshqasi esa shunchaki skanerlashtirish yordamida ochildi.

2018 yilda harbiy byudjeti 700 milliard bo‘lgan mamlakat uchun bu aslo  kechirib bo‘lmaydigan hol hisoblanadi, deydi taftishchilar. Xakerlar hatto yadro qurollarini boshqarish tizimini ham buzib kirishi mumkin. Biroq GAO mutaxassislari afsus bilan shuni ta’kidlashmoqdaki, mamlakat mudofaa vazirligi rahbariyati muamoning chuqurlashib ketganini unchalik ham anglab yetmayaptilar.

O‘QING:Snayper ko‘rinmaydimi? Amerika armiyasi yangi kamuflyajni sinab ko‘rmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!