Arzon iPhone’lar endi dunyo bozoriga ham chiqadi

  •   DiMaX
  •  2329
  •  27.11.2019 15:27

Arzon iPhone’lar endi dunyo bozoriga ham chiqadi

Apple o‘zining smartfonlarini asosan Xitoyda terdirishidan xabaringiz bor. bundan tashqari, Hindistonda ham arim rusumlardagi iPhone’lar yig‘iladi va ular faqat mahalliy bozorda, nisbatan past narxlarda sotiladi.

O‘QING: Xitoyda standart iPhone 11’dan ham arzon iPhone 11 5G rasman sotilyapti!

Hindiston axborot texnologiyalari vaziri Ravi Shankar Prasad rasman e’lon qilishicha, Apple bu mamlakatda smartfon ishlab chiqarishni kengaytirmoqchi. Kompaniya yaqin orada Hindistondagi faoliyatiga ko‘proq sarmoya tikib, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida. Bu yerda Salcomp kompaniyasi kuchlari bilan iPhone uchun ayrim butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga bel bog‘lagan.

Bundan tashqari, kupertinolik korporatsiya Hindistonda terilgan ayfonlarini boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqarmoqchi. «Assembled in India» belgili iPhone’lardan qaysi modellari dunyo bozoriga taqdim etilishi hozircha noma’lum. Avvalroq esa iPhone 6s hamda iPhone 7 (sotib olish) rusumli smartfonlarni eksportga chiqishi haqida xabar tarqalgan edi.

Kuzatuvchilar fikricha, Hindistonda terilgan ayfonlar Xitoyda ishlab chiqarilganlaridan ko‘ra arzonroq baholanadi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ayrim rusumlardagi iPhone’larni xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!