Arzonlashtirilgan Meizu: flagmanning yangi narxi ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  733
  •  19.09.2018 14:12

Arzonlashtirilgan Meizu: flagmanning yangi narxi ma’lum bo‘ldi

Xitoyning “Twitter”i deb nomlanuvchi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yaqin kunlarda chiqarilishi kutilayotgan yangi Meizu 16X smartfonining turli narxlarini ko‘rsatuvchi fotosurati paydo bo‘ldi. Bu narxlar ishlab chiqaruvchi tomonidan hali rasman e’lon qilinmagan.

Surat aniq, Xitoyning chakana savdo do‘konlarining birida olingan. Smartfonning anonsi 19 sentyabrga mo‘ljallangan, shu bois yangi qurilmaning narxi ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgani hech kimni hayron qoldirmasligi kerak. Darvoqe, flagmanning narxi  364 AQSh dollarini tashkil etadi.

O‘QING:Meizu 16X ikkitalik kamerasi bilan: sensori Sony IMX380 va IMX350

Bundan avvalroq Meizu rahbari Meizu 16X’ni Qualcomm Snapdragon 710 protsessori bazasida ishlaydigan dunyodagi eng kuchli smartfon bo‘lishini aytgan edi. Shuningdek, u ta’kidlagandiki, gadjet ekrani Super AMOLED texnologiyasi asosida tayyorlangan va qirqmasiz bo‘ladi. Chamasi, Meizu 16X smartfoni Meizu 16’ning ozroq soddalashtirilgan versiyasi bo‘ladi.

Xitoy telekommunikatsiya uskunalarini sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan  TENAA sertifikatsiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon 6-dyuymli AMOLED-ekrani bilan ta’minlanadi, u  Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) formatiga ega bo‘lib, tomonlar nisbati 18:9. Ikkitalik asosiy kamerasi 20+12 Mp va old kamerasi 20 Mp. Protsessori Snapdragon 710.  6 GB tezkor xotiraga hamda 64 B ichki flesh-xotiraga ega. Shuningdek, 8 GB tezkor va 128 GB ichki xotirali versiya ham chiqishi mumkin. Qurilmaning akkumulyatori 3000 mAch sig‘imini tashkil etadi va mCharge 4.0 tezkor zaryadkani qo‘llab quvvatlaydi.  

O‘QING:Meizu M8: rasmini ko‘rmoqchimisiz, marhamat!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!