«Aslo qotmaydigan» OnePlus 6 flagmanini yoqiq holida «jonli» ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  1860
  •  07.04.2018 10:52

«Aslo qotmaydigan» OnePlus 6 flagmanini yoqiq holida «jonli» ko‘rsatishdi

Garchi yetakchi smartfonsozlar sifatida Apple, Samsung va Huawei kabilar tan olinsa-da, aslida ularning ilg‘or modellaridan ham kuchli telefonlar tayyorlab kelayotgan ishlab chiqaruvchi bor. Bu – o‘z smartfonlarini «Never settle», ya’ni «Aslo qotmas» slogani bilan ilgari suruvchi OnePlus kompaniyasidir.

O‘QING: Galaxy S9’ni xitoylik smartfon GeekBench’da mag‘lub etdi (+«jonli» surat)

Internet kengliklarida ushbu xitoylik kompaniyaning bu yil taqdim etadigan smartfoni – OnePlus 6 haqida ayrim ma’lumotlar, shuningdek, mazkur qurilmaning ba’zi qismlari aks etgan suratlari ham tarqalgan. Kuni kecha – 6 aprelda mazkur flagmanning yana bir rasmi e’lon qilindi. Smartfonning old yuzasi – yoqiq holdagi displeyi to‘liq aks etgan bu surat uning dizayni hamda texnik jihatlari borasidagi bahslarga uzil-kesil oydinlik kiritdi.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, OnePlus 6 displeyining yuqori qismida «kemtik» mavjud. Ekranning pastidagi rom uning yon tomonlaridagidan salgina qalin, xolos.

Shuningdek, yoqiq turgan displeyda devaysning asosiy xususiyatlari ham aks ettirilgan. Ulardan ma’lum bo‘lishicha, OnePlus flagmaniga sakkiz yadroli ilg‘or Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilgan.

Xabarlarga ko‘ra, OnePlus 6 shu oyning oxirigacha rasman taqdim etilishi kerak. Uning narxi va qolgan jihatlari o‘shanda aniq bo‘ladi. Bu flagmanning turli xususiyatlari haqida hozirgacha «sizib chiqqan» ma’lumotlarni avval ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Orziqib kutilayotgan OnePlus 6'ning rasmiy nomi ma’lum bo‘ldi