Astronomlar qo‘rqinchli-galaktikani payqashdi

  •   Saroy
  •  1742
  •  05.09.2018 17:06

Astronomlar qo‘rqinchli-galaktikani payqashdi

COSMOS-AzTEC-1 yulduzlarni Samon yo‘li galaktikasiga qaraganda 1000 barobar tez «ishlab chiqarar» ekan.

Ushbu noyob koinot ob’yekti ilk bor bundan 20 yil avval payqalgan edi. Biroq olimlar ALMA teleskoplar komplekti yordamidp endigina uning xususiyatlarini yaqinroq o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bizning galaktikamiz bilan solishtirganda COSMOS-AzTEC-1 yangi yulduzlarni konveyr usulida yaratadigan ulkan fabrika bo‘lib chiqdi.

O‘QING:Tumanli Andromedani qotillikda ayblashmoqda

Astronomlar COSMOS-AzTEC-1’da ikkita  molekulyar bulutni topishdi. Ularning ikkalasi ham markazdan bir necha ming yorug‘lik yili masofasida turibdi. Bu olimlar uchun kutilmagan holatdir. Odatda to‘plangan molekulyar gaz galaktikaning markaziga yaqin joylashadi. Bundan tashqari, u yerdagi gaz beqaror gravitatsiyaga ega. Bu degani, gazning ichki bosimi yangi yulduz tug‘ilayotganda kuchayadi. Aynan shu bois «galaktika-monstr» yangi yulduzlarni shu qadar jadal suratda ishlab chiqaradi.

COSMOS-AzTEC-1’da sodir bo‘layotgan jarayonning sababini olimlar tushuntirib berolmadilar. Ehtimol, ushbu galaktika boshqa bir galaktika bilan tuqnashganiga hali uncha vaqt o‘tmagandir. Har qanday sharoitda ham,  COSMOS-AzTEC-1’da koinot o‘lchovi bilan hisoblaganda faollik davri qisqa bo‘ladi, ya’ni mazkur galaktika yana 100 million yildan keyin yangi yulduz ishlab chiqarish uchun barcha zaxirasini tugatadi.

O‘QING:Rossiyaliklar yangi kosmik kemaga nom tanlamoqda

 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!