Astronomlar uzoq koinotdan tarqalayotgan 20 ta yangi radiosignalni payqashdi

  •   Saroy
  •  1122
  •  16.10.2018 15:50

Astronomlar uzoq koinotdan tarqalayotgan 20 ta yangi radiosignalni payqashdi

Joriy yilning shu davrigacha olimlar 20 ta tezkor radiosignallarni payqadilar. Bular adiosignallar hisoblanib, miqdori 2007 yildan buyon dunyo bo‘yicha qayd etilgan radiosignallar sonidan ham ko‘p.

Tezkor radioto‘lqinlar (Fast Radio Bursts ili FRB), bu kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan  qisqa, lekin juda kuchli radiosignallar hisoblanadi.

O‘QING:Qora tuynukdagi odam yoki koinotning hali ochilmagan jumboqlari

Bunday radiosignal ilk bor 2007 yilda tutilgan edi: shu vaqt mobaynida koinotshunoslar bir necha o‘nlab FRB’larni qayd etdilar. Ushbu ko‘rinmas manbalar kosmos bo‘ylab tarqab ketgan. Olimlar topilma haqida Nature jurnalida so‘zlab berdi.

O‘QING:Astrofiziklar koinotda sirli signalni payqashdi

Olimlar bunday radiosignallarning sababi va kelib chiqishini hali ham aniqlay olmayapti. Faqat shunisi olimlarga ma’lumki, ularning manbasi Somon Yo‘lidan tashqarida, cheksiz olamning boshqa chekkasida joylashgan. Bunday signallarning paydo bo‘lishi uchun ko‘p miqdorda quvvat kerak. Shunchalik ko‘p miqdorda quvat kerakki, uni berish uchun bizning Quyoshimiz o‘nlab yil “ishlashi” kerak bo‘ladi. FRB’ning paydo bo‘lish manbalaridan biri  sifatida qora tuynuklarning bug‘lanib ketishini aytishmoqda, bunda neytron yulduzlar bir-biriga qo‘shilib ketadi va pulsar yulduzlarining qora tuynugiga aylanadi.

O‘QING:Koinotshunoslar adashmayaptimi? O‘zga sayyoraliklar “darbadar” yulduzlar ortida yashiringan bo‘lishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!