ASUS'dan «aqlli» noutbuklar, Lenovo’da ham yangilik bor

  •   Saroy
  •  750
  •  06.06.2018 09:12

ASUS'dan «aqlli» noutbuklar, Lenovo’da ham yangilik bor

ASUS o‘zining “aqlli” tochpadlari bilan barchani hayratga solayotgandi, endi ma’lum bo‘lishicha, bu hali hammasi emas ekan. Kompaniya apparatli klaviatura o‘rniga ikkinchi displey bilan Project Precog konseptual noutbukini namoyish qildi. Yangiliklar yaratish borasida Lenovo ham asla chetda qolmayapti. Kompaniya bu gal o‘zining Yoga Book noutbukining ikkinchi avlodini namoyish qildi. 

ASUS Project Precog sun’iy ong funksiyasini olgan, masalan, noutbuk kunning vaqtiga qarab quvvat olish tezligini yanada yaxshilaydi va hujjatlar ustida ishlayotgan chog‘da Excel bergan ma’lumotlarni ko‘rsatib turishi mumkin. Insonning yuzi va ovozini bilib olish tizimiga ega. Aslida ushbu ishlanma Intel’ga qarashli, va boshqa ishlab chiqaruvchilar ham uni ishlatishi mumkin.

Kameri va  Movidius tasvirni qayta ishlash moduli yordamida noutbuk foydalanuvchining qo‘li holatini aniqlaydi va ekranda vertual klaviatura tasvirini aks ettiradi. Sharnir qopqoqni 360 darajada ochishga imkon beradi, natijada ASUS Project Precog noutbuki «ikki tomonli» planshetga aylanadi. Agar qurilmaga ikkinchi klaviatura ulansa, ekranning portret mo‘ljalini ikkita alohida monitor sifatida ishlatsa bo‘ladi.

O‘QING:Intel'ning qudratli yangi olti yadroli protsessorlari qaysi noutbuklarga o‘rnatila boshlandi?

Intel uyushtirgan matbuot anjumanida Xitay kompaniyasining yangi Lenovo Yoga Book 2 noutbuki ham namoyish qilindi. Birinchi modeldagi katta sensorli panelni stilusni qo‘llab-quvvatlovchi to‘laqonli displey bilan almashtirishga qaror qilingan. II format ham bor. Qachon chiqishi haqida hech narsa aytilmayapti, lekin,  Lenovo keyingi avlod – Yoga Book 3 egiluvchan displey bilan chiqishiga shama qilyapti.

O‘QING:Asus ROG Phone: geymerlar kutayotgan smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!