Asus va Google Chromebit mini-kompyuterini ishlab chiqarmoqda

Asus va Google Chromebit mini-kompyuterini ishlab chiqarmoqda

Chromebit mini-kompyuteri Chrome Osda ishlaydi. Yangilik shu yilning bahorida taqdim etilgandi. Asli bu gadjet biz bilan kompyuterga mutlaqo o‘xshamaydi, oddiy fleshkaga o‘xshash, faqat bir oz kattaroq qurilma. Chromebitni HDMI ulagichi orqali televizorga ulanadi, chunki HDMI orqali ma’lumot tez o‘tadi. Mini-kompyuter micro-USB ulagichi orqali quvvatlanadi. Qurilma to‘rt yadroli protsessorga ega, shuningdek, 2Gbayt tezkor xotirasi va 16 Gb ichki xotirasi bor. Wi Fi adapter vositasida simsiz tarmoqqa va boshqa qurilmalarga bog‘lana oladi.

Fleshkasimon mini-kompyuter narxi 85 dollar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.