ASUS va MSI'da muammo: o‘yin noutbuklari xaridorlarini yo‘qotmoqda
2018 yilning ikkinchi yarmida o‘yin noutbuklari bozori sezilarli ravishda o‘zgardi. Bu haqda Tayvanning DigiTimes nashri ishonchli manbalarga tayanib ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, ASUStek Computer va Micro-Star International kompaniyalari dunyo noutbuklar bozoridagi liderlik mavqeyini asta sekin yo‘qotib bormoqda. Shu vaqtgacha ushbu kompaniyalar bozorning yarmidan ko‘pini egallab turgandi. Endi ularning ortidan quvib kelayotgan raqobatchilar narx va sifat uyg‘unligiga urg‘u berib tobora kuchayib bormoqda.
Birinchi eshelondagi noutbuk ishlab chiqaruvchilar, jumladan HP, Dell, Acer va Lenovo brendlari ayniqsa o‘yin yo‘nalishida bozor liderlarini ta’qib qilishni tobora kuchaytirmoqda. Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun turli mintaqalarda arzon narxlar strategiyasini qo‘llab, hamyonbop mahsulotlarini taklif qilmoqda va kutilganidek, xaridorlar e’tiborini qozonmoqda. Qolaversa, ular ketma-ket yangi modellarni ham taklif etishni esdan chiqarishmayapti. Masalan, Lenovo allaqachon Xitoy bozorining 30 foizini egallab bo‘ldi
O‘QING:Gigabyte noutbuklari geymerlarda katta qiziqish uyg‘otdi