ASUS Zenfone Max: kuchli batareyali smartfon

ASUS Zenfone Max: kuchli batareyali smartfon

Joriy yilning avgust oyida ASUS kompaniyasi Zenfone turkumidagi Max smartfoni haqida ma’lum qilgandi. Kuni kecha mazkur devays reklamasiga bag‘ishlangan promo-rolik internet sahifalarida paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zenfone Max ancha kuchli va Snapdragon 410 chipseti, 2 GB operativ xotira, 13 megapiksel asosiy, 5 megapiksel frontal kamera, Android operativ tizimi bilan ta’minlangan.

Akkumulyator quvvati 5000 mAs. Avtonom rejimdagi ko‘rsatgichlari hayratlanarli, deydi kompaniya vakilari. Apparat haqidagi reklama roligida tayvanliklar Zenfone Max smartfoni haqida ba’zi ma’lumotlarni bergan.

ASUS`ning tasdiqlashicha, Zenfone Max 3G tarmog‘ida 37,6 soat gaplashish mumkin. Shuningdek, u bilan 22,6 soat video tomosha qilish, 72,9 soat musiqa tinglash, Wi-Fi-serfing rejimida esa 32,5 soat ishlash imkoniyati ham bor ekan.

Albatta, ma’lumotlar va raqamlar ancha salmoqli. Bu qanchalar haqiqatga yaqin ekani esa smartfon foydalanuvchilar qo‘ligi yetib borgach, oydin bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!