Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2092
  •  26.05.2020 10:30

Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 600-turkumida 5G-modemli yangi protsessor tayyorlamoqda. Uning bazasidagi – beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi ilk eng arzon smartfon haqida birinchi ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

O‘QING: Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

Digital Chat Station nikli xitoylik insayderga ko‘ra, uni Xiaomi korporatsiyasi, o‘zining Redmi brendi ostida taqdim etadi. Uning «elektron yuragi» hali rasman taqdim etilmagan SM6350 chipseti bo‘ladi. Xabarga ko‘ra, «Xitoycha Apple» uning uchun bor-yo‘g‘i 140 dollar atrofida narx belgilaydi; agar shu rost bo‘lib chiqsa, mazkur model dunyodagi eng arzon 5G-smartfon sifatida bozorga kirib keladi.

Smartfonning modeli va boshqa xususiyatlari hozircha noma’lum, lekin Qualcomm’ning ushbu protsessori xususida insayderlar xabar berishgan. Mazkur chipset 8 yadroli bo‘lib, ikkita samarador (2.246 GGs chastotali) hamda oltita tejamkor (1.804 GGs chastotali) yadrolarni o‘z ichiga oladi. Uning jamlanmasiga yana 850 MGs takt chastotasida ishlovchi Adreno 615 grafik tezlatgichi hamda 5G-modem ham kiradi.

O‘QING: Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!