Atigi 19 dollarlik, lekin naq to‘rtta SIM-kartali telefon sotuvga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3960
  •  14.12.2018 14:30

Atigi 19 dollarlik, lekin naq to‘rtta SIM-kartali telefon sotuvga chiqdi!

Rossiyaning «Inoy» kompaniyasi o‘zining yangi – Inoi 244 Quattro rusumli mobil telefonini taqdim etdi. Ushbu hamyonbop modelning asosiy o‘ziga xosligi – to‘rtta SIM-karta uyachasiga ega ekanligidir.

O‘QING: Ikkita SIM-karta smartfon quvvatini tez tugatadimi?

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mazkur telefonga bir vaqtning o‘zida yetakchi mahalliy uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalarini joylashtirilsa, ulardagi tarmoq ichida bepul so‘zlashiladigan tariflarga ulanib, butkul tekinga gaplashib yurish mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Inoi 244 Quattro – smartfon emas, balki oddiy tugmachali telefon bo‘lib, 4G LTE va hatto 3G tarmoqlarini ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning texnik xususiyatlari ham oddiygina bo‘lib, dizayni ham shunga yarasha. Telefon MTK 6261 protsessori va 800 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Diagonaliga 2,4 dyuymlik displeyining tasvir aniqligi 240x320 piksellik. FM-radiosi, 0,3 megapiksellik kamerasi hamda Bluetooth 3.0 moduli bor. 16 gigabaytgacha hajmli microSD xotira kartasi o‘rnatsa bo‘ladi.

Inoi 244 Quattro o‘lchamlari 118,8x50x11,9 millimetrga, vazni bo‘lsa 53 grammga teng. Telefon to‘rt xil – qizil, ko‘k, oq va qora rangli korpuslarda taklif etiladi. Darvoqe, uning yana bir o‘ziga xosligi – narxida: kompaniya uni 1290 rubldan savdoga chiqargan. Bu esa taxminan 19,40 AQSh dollariga teng qiymatdir. Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa narxi 529 000 so‘mdan boshlanuvchi turli telefonlarni sotib olish mumkin.

O‘QING: Nega SIM-kartalar har xil shaklda?