Atigi 24 dollarlik, ammo quvvati naq uch haftaga yetuvchi Nokia 106 taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  2960
  •  14.11.2018 18:49

Atigi 24 dollarlik, ammo quvvati naq uch haftaga yetuvchi Nokia 106 taqdim etildi!

HMD Global kompaniyasi turli modellardagi smartfonlari bilan Nokia markasining nufuzini anchagina tiklab oldi. Shuningdek, bu brendning «qadimgi» – tugmachali telefonlarini ham esdan chiqarib qo‘ygani yo‘q.

O‘QING: 4G’da ham ishlaydi: Nokia yana bir yangi tugmachali telefon chiqarmoqda

Mazkur kompaniya yangi – Nokia 106 telefonini rasman namoyish etdi. Bu – faqat bazaviy funksiyalarga ega, hatto kamerasi ham bo‘lmagan arzon qurilmadir.

HMD Global ushbu telefonning asosiy afzalligi sifatida uning avtonomligi kuchli ekanini, ya’ni – akkumulyatorning bitta to‘la quvvati bilan uzoq vaqt ishlay olishini ko‘rsatmoqda. Nokia 106 modeliga tok sig‘imi 800 mA/soatga teng bo‘lgan, olinuvchi batareya o‘rnatilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, uning quvvati so‘zlashuv rejimida 15,7 soatga, kutish rejimida esa naq 21 kunga yetadi! U microUSB porti orqali USB-kabel orqali quvvatlanadi.

O‘QING: Nokia 3310 4G jihatlari rasman ma’lum qilindi

Nokia 106 ikkita Mini-SIM karta uyachasiga ega. Telefonning rangli QQVGA displeyi diagonaliga 1,8 dyuymlik. FM-radio ham bor, faqat undan foydalanish uchun antenna sifatida 3,5 millimetrlik oddiy quloqchin taqilishi shart.

Telefonda 2000 tagacha kontakt, 500 tagacha matnli xabar saqlash mumkin. Unda ushbu brend telefonlarining afsonaviy o‘yini – «Iloncha» (Snake Xenzia) bor. Shuningdek, Nitro Racing, Danger Dash, Tetris va boshqa ayrim o‘yinlarning tanishtiruv versiyalari ham o‘rnatilgan.

Har xil sharoitlarni nazarda tutib, HMD Global bu telefonga qo‘lchiroq (fonarik) ham joriy etgan. Nokia 106 korpusining o‘lchamlari 111,15x49,5x14,4 millimetrga teng va u 70,2 gramm tosh bosadi.

Xabarlarga ko‘ra, Nokia 106 telefoni noyabrdayoq Rossiyada sotuvga chiqadi, uning tavsiya etilgan narxi 1590 rublga teng. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu – taxminan 23,50 AQSh dollari atrofidagi qiymat!

Ushbu telefonning O‘zbekiston bozorlariga qachon kirib kelishi hozircha noma’lum. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa mazkur brendning ikkita telefoni savdoga qo‘yilgan. Sariq korpusli «bananafon» – Nokia 3310 (2017) devaysini atigi 529 000 so‘m evaziga xarid qilish, qora tusli «g‘isht» telefon – Nokia 8110 4G 2018 modelini esa 759 000 so‘mga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: «Malika»dagi do‘konlar ishlamayapti – nima gap o‘zi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!