Atigi 260 dollarlik, lekin displeyi daktiloskopli Meizu 16X yangi versiyada taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  872
  •  26.12.2018 18:25

Atigi 260 dollarlik, lekin displeyi daktiloskopli Meizu 16X yangi versiyada taqdim etildi

Xitoylik kompaniya o‘zining Meizu 16X smartfonini oq – Klin white tusli korpusga hamda 6/64 gigabaytlik xotiraga ega talqinda ham sotuvga chiqardi. Oldin mazkur model oq rangda faqat 128 gigabaytlik ichki xotiraga ega talqinda chiqarilgandi.

O‘QING: Meizu 16X: skanerli displeyga ega arzon flagman videotavsifini tomosha qiling!

Meizu 16X modeli 10 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan Qualcomm Snapdragon 710 protsessori bazasida ishlaydi. Uning 3100 mA/soatlik tok sig‘imiga ega akkumulyatori esa ommabop King of Glory o‘yinini deyarli olti soat o‘ynashga ham yetadi!

Arzonlashtirilgan variant bo‘lsa-da, Meizu 16X kamerasiga ko‘ra Meizu 16th versiyasi bilan bir xil. Ya’ni, u ham Sony IMX380 va IMX350 datchiklariga hamda tasvirni optik barqarorlashtirish texnologiyasiga ega bosh kamera bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi ushbu modeli uchun 260 dollar so‘rayotganini hisobga olsak, bu narx doirasida bunaqa kamerali smartfon topish amrimahol.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda savdoga qo‘yilgan Meizu’ning turli rusumlardagi smartfonlari kuni kecha arzonlashdi! Endi ularni 700 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin!

O‘QING: Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.