Atigi 59 dollarlik modelning davomchisi – Nokia’ning o‘ta arzon 4G-smartfoni tayyor!

  •   DiMaX
  •  1412
  •  02.03.2020 15:08

Atigi 59 dollarlik modelning davomchisi – Nokia’ning o‘ta arzon 4G-smartfoni tayyor!

Nokia C1 modeli HMD Global kompaniyasining bulturgi eng arzon smartfoni bo‘lgan. Dekabrda namoyish etilgan mazkur qurilma atigi 59 dollarga baholangan bo‘lib, 3G tarmog‘ida ishlay oladi.

O‘QING: Nokia arzon narxli afsonaviy «raskladushka»sini yangi qiyofada chiqardi! (+video)

Ma’lum bo‘lishicha, xitoylik kompaniya endi uning davomchisi – Nokia C2 rusumli o‘ta arzon smartfonini tayyorlagan. Kodli nomi TA-1204 bo‘lgan mazkur devays allaqachon bir nechta mamlakatda sertifikatsiya jarayonidan o‘tib bo‘lgan.

Nokia C2 texnik xususiyatlari haqida hozircha ko‘p narsa ma’lum emas. Insayderlarga ko‘ra, qurilmaning «elektron yuragi» UNISOC protsessori bo‘lib, unga 2 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi. Smartfonning ichki xotirasi esa 16 yoki 32 gigabaytlik bo‘lishi aytilmoqda.

HMD Global kompaniyasi ushbu o‘ta arzon qurilmasini mart oyining so‘ngida rasman taqdim etishi mumkin.

O‘QING: Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt