Atigi 8 dollardan sotilayotgan «videokuzatuv kamerasi»ning siri nimada?

  •   DiMaX
  •  3390
  •  13.03.2020 18:03

Atigi 8 dollardan sotilayotgan «videokuzatuv kamerasi»ning siri nimada?

Uylar va ofislar oldlarini o‘g‘rilardan, bezorilardan himoyalashda kuzatuv kameralarining foydasi juda katta. Lekin kamera sotib olish va unda uzluksiz kuzatuvni joriy etish masalalarini cho‘ntagingiz ko‘tarmasa-chi?

O‘QING: Qabr toshiga kamera o‘rnatish FBRga nimaga kerak bo‘lgan?

Tinib-tinchimagan xitoyliklar buning ham yo‘lini topishdi: tashqi ko‘rinishini originalidan farqlab bo‘lmaydigan soxta kuzatuv kamerasi ishlab chiqishdi! G-Kellway kompaniyasi o‘g‘rilarni cho‘chitish uchun qo‘llanadigan qalbaki kamerani AliExpress onlayn savdo platformasi orqali sotmoqda.

«Kamera» oddiy plastikdan ishlangan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi va o‘lchamlari haqiqiy videokuzatuv kameralaridan umuman farq qilmaydi. Bunday «kamera»ni binoning ichkarisiga ham, tashqarisiga ham bemalol o‘rnatish mumkin – u yomg‘iru qordan, issig‘u sovuqdan «qo‘rqmaydi»!

O‘QING: Xakerlar qamoqxona kameralariga kirib, mahbuslar hayotini YouTube’da ko‘rsatishdi

Gap shundaki, uning bor bisoti – go‘yoki haqiqiy kamera ishlayotganidek ko‘rsatuvchi LED-indikator hamda ikkita joyidan 360 darajada aylana oluvchi maxsus oyog‘idir. Mazkur devays quyosh panelidan yoki AAA o‘lchamli ikkita batareyadan quvvat oladi.

G-Kellway kompaniyasining feyk kamerasini AliExpress’dan 8 dollarga ham bormaydigan narxda xarid qilish imkoni mavjud. Xaridor o‘z istagiga ko‘ra uning qora yoki kumushrang tuslisini tanlashi mumkin.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?