Ayfonda olingan top 10 makro suratlar

Ayfonda olingan top 10 makro suratlar

Shu yilning yanvar oyida Apple o‘zining Shot on iPhone tanlovini e’lon qilgan edi. Musoboqa qoidalariga ko‘ra, iPhone 13 Pro va Pro Max egalari suratlarni smartfonning makro (yaqinroq) rejimida olishlari kerak bo‘lgan. Uzoq davom etgan saralashlardan so‘ng, kompaniya 13-aprel kuni chellenj g‘oliblarini e’lon qildi. Quyida top 10 suratlarni ko‘rishingiz mumkin:

Gvido Kassanelli tomonidan "Dengiz oynasi"
Buyenos-Ayres, Argentina
Marko Koletta tomonidan "G‘or"
Taranto, Italiya
Prajval Chougule tomonidan "Tabiatdagi san’at"
Kolxapur, Maharashtra, Hindiston
Daniyel Olah tomonidan "Bir tomchi erkinlik"
Budapesht, Vengriya
"Yaproq yoritilishi" Trevor Kollinz tomonidan
Boston, AQSh
"Sodadagi qulupnay" Eshli Li tomonidan 
San-Fransisko, AQSh
"Vulkanik lava" Abhik Mondal tomonidan 
New Milford, New Jersey, Amerika Qo‘shma Shtatlari
"Asal uyasi" Tom Rivz tomonidan 
Nyu-York shahri, AQSh
"Yashirin marvarid" Jirasak Panpiansin tomonidan
Chaiyaphum shahri, Tailand
“Yakuniy gullash” Hojison tomonidan
Chongqing, Xitoy

iPhone 13 Pro liniyasi iPhone smartfonlaridagi eng ilg‘or kamera tizimiga ega bo‘lib, u foydalanuvchilarga aniq va ajoyib makro tasvirlarni olish imkonini yaratadi. G‘oliblarning suratlari makro rejimda suratga olishning go‘zalligini, uning oddiy narsalarni g‘ayrioddiyga aylantirish va mayda narsalarni katta ko‘rinishida suratga olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Suratlarda o‘rgimchak to‘ridagi shudring tomchilari, itning sochlaridagi qor parchalari, gibiskus guli va mayda sodali suv pufakchalariga botgan qulupnay kabi oddiy ko‘z bilan e’tibordan chetda qolishi mumkin bo‘lgan ajoyib tabiat suratlarini ko‘rish mumkin. 

Apple'ning press-relizi sahifasida suratlar haqidagi hakamlar fikrlari tanishishingiz yoki rasmlarning original nusxalarini yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Yilning "Virtual Fotografi" g‘olibi aniqlandi

 
 
 
 
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.