Ayfoningiz iOS 16 uchun mosmi?

Ayfoningiz iOS 16 uchun mosmi?

Apple o'zining iPhone smartfonlari uchun iOS operatsion tizimining yangi versiyasini chiqardi va agar siz ham iPhone egasi bo'lsangiz bu yangilanish qachon chiqarilishi qiziq bo'lishi mumkin. Lekin bundan oldin beriladigan savol ham bor: Sizning iPhone smartfoningiz iOS 16 uchun mos keladimi?

Quyida iOS 16 yangilanishini qabul qila oladigan iPhone modellari bilan tanishishinigiz mumkin:

  • iPhone 13
  • iPhone 13 mini
  • iPhone 13 Pro
  • iPhone 13 Pro Max
  • iPhone 12
  • iPhone 12 mini
  • iPhone 12 Pro
  • iPhone 12 Pro Max
  • iPhone 11
  • iPhone 11 Pro
  • iPhone 11 Pro Max
  • iPhone XS
  • iPhone XS Max
  • iPhone XR
  • iPhone X
  • iPhone 8
  • iPhone 8 Plus
  • iPhone SE (ikkinchi avlod yoki undan yuqorisi)

Ko'rib turganingizdek ro'yxatda endilikda iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellari mavjud emas va bu ular uchun dasturiy ta'minot yangilanishi ortiq yuborilmasligini anglatadi.

Ta'kidlash joizki, iOS 16'ning barcha funksiyalari ushbu ro'yxatdagi hamma telefonlarda ham qo'llab-quvvatlanmaydi. Masalan, qurilmada Dictation (diktant) funksiyasidan foydalanish uchun minimal talab sifatida Apple A12 Bionic qurilmasini talab qiladi, shunday ekan sizga iPhone XR va XS va undan yuqori versiyalar kerak bo'ladi. Live Text (jonli matn) - bu A12 Bionic'ni talab qiladigan yana bir xususiyat bo'lib, u mavjud bo'lmagan qurilmalar yangi funksiyadan foydalana olmaydilar.

iOS 16'ning qachon chiqarilishi keladigan bo'lsak, u yoz ichi sinovdan o'tkaziladi va kuzga kelib iPhone 14 bilan debyut qilishi kutilmoqda.

O'QING: iOS 16 rasman taqdim qilindi!