Barcha Android va iOS-gadjetlar uchun Telegram ilovasi yangilandi!

  •   DiMaX
  •  1652
  •  11.12.2018 09:28

Barcha Android va iOS-gadjetlar uchun Telegram ilovasi yangilandi!

O‘zbekistonda eng ommaboplaridan bo‘lgan Telegram messenjeri shu kecha-kunduzda yirik apdeytni taqdim etdi. Bu servisning ham «tishlangan olmali», ham «yashil robotchali» devayslar uchun ishlab chiqilgan kliyentlari yangilandi.

O‘QING: Kutib oling Telegram’dan yangilik!

Aytish kerakki, Telegram’ning iOS tizimli mobil qurilmalar uchun taqdim etilgan ilovasi 5.1.0 (724) versiyasigacha, Android-gadjetlarga mo‘ljallangan kliyenti esa 5.0 talqinigacha yangilandi.

Ularda foydalanuvchilar uchun taqdim etilgan yangi imkoniyatlar asosan bir xil, lekin «yashil robotchali» tizimdagi Telegram’da sal ko‘proq. Ularni quyida sanab o‘tamiz.

Har ikkala platforma uchun tegishli o‘zgarishlar:

  1. Yaqinda foydalanuvchilarga messenjerni turli tillarga tarjima qilish imkoni taqdim etilgandi. Endi messenjer shu tarjimalar natijasida translations.telegram.org platformasi orqali yaratilgan kastom lokalizatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Bunda havola orqali o‘sha lokalizatsiyaga o‘tish imkoni ham mavjud. Messenjerni o‘zbek tiliga o‘girishga hissa qo‘shishni istaganlar uchun havola: https://translations.telegram.org/uz.
  2. Ilova juda ko‘plab turlardagi kontentni Instant View 2.0 funksiyasi orqali qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Shuningdek, Instant View shablonlarini ishlab chiqish uchun qaytadan tanlov e’lon qilingan.
  3. «Tanlanganlar»da hamda oddiy guruhlarda endi biror xabarni biriktirib qo‘yish mumkin.
  4. Ikki bosqichli autentifikatsiya uchun elektron pochta manzilini tasdiqlashning yangisa tizimi joriy etildi. Elektron pochtada kelgan havola orqali o‘tish o‘rniga kodlar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan.
  5. Jami 400 dan oshiq turli mayda tuzatish ishlari amalga oshirilgan.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha tarzda, Telegram’ning faqat Android-ilovasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar:

  1. Foydalanuvchilar, guruhlar va kanallarning profillari yangicha ko‘rinish olgan. Unda bildirishnomalar va tovushlarning sozlamalari soddalashtirilgan va umumiy mediaga tezkorlik bilan ulanish imkoni taqdim etilgan.
  2. Pleylistlarda va «Umumiy musiqa» («Obщaya muzika») qismida musiqiy albomlar muqovalari joriy etilgan.
  3. Menyuda yangi – «Shikoyat qilish» («Pojalovatsya») bandi qo‘shilgan.

Demak, barcha smartfonlar egalari o‘z qurilmalaridagi Telegram ilovasini yangilab olishlari mumkin. Uni yangidan o‘rnatish uchun esa iOS-gadjetlar egalari mana bu, Android-devayslar sohiblari esa mana bu havola orqali tegishli ilovalar katalogiga o‘tishlari lozim.

O‘QING: Telegram'da ham terrorchilik harakatlari boshlanmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.