Barcha smartfonlarga to‘ldirilgan borliq baxsh etuvchi ilova chiqdi

  •   DiMaX
  •  3588
  •  15.02.2018 16:46

Barcha smartfonlarga to‘ldirilgan borliq baxsh etuvchi ilova chiqdi

Real dunyodagi narsa-hodisalarni virtual ob’yektlar bilan to‘ldirish texnologiyasi mobil qurilmalarga tobora ko‘proq kirib kelmoqda. Jumladan, Google «yashil robotchali» barcha telefonlar uchun yaqinda ajoyib ilova taqdim etdi.

O‘QING: Google iPhone’ning “jonli surat” muammosini hal qiladi

Motion Stills deb atalgan ushbu dastur telefon kamerasi orqali suratga yoki videoga olishda real borliqdagi ob’yektlar orasiga virtual ob’yekt – uch o‘lchamli stiker joylash imkonini beradi. Natijada uning yordamida olingan surat yoki video o‘sha ob’yekt bilan to‘ldirilgan bo‘lib chiqadi.

Mazkur ilova 2017 yilning yozidayoq taqdim etilgan edi, ammo o‘shanda uni faqat Pixel hamda iPhone smartfonlarigagina o‘rnatish mumkin edi. Endi esa to‘ldirilgan borliq ilovasini Android tizimidagi barcha smartfonlarga ham o‘rnatish mumkin bo‘ldi. Buning uchun telefonda giroskop datchigi mavjud bo‘lsa kifoya.

O‘QING: Xiaomi «jonlanuvchi» rasmlar chop etadigan mo‘’jizakor cho‘ntak printerini chiqardi

Motion Stills yordamida virtual uch o‘lchamli stikerni tanlash, uning o‘lchamini o‘zgartirish, ekranda uning o‘rnini ko‘rsatish, jarayonni videorolik yoki gif-surat tarzida saqlash mumkin. Stikerlar to‘plamida dinozavr, tovuq, o‘zga sayyoralik, robot va boshqalar bor.

Mazkur dasturni bepul yuklab olish uchun ushbu havola orqali Google Play katalogiga o‘tishingiz mumkin. iPhone egalari esa Motion Stills’ni mana bu havola vositasida iTunes’dan o‘rnata oladilar.

O‘QING: Windows 10’dagi maxfiy Mixed Reality funksiyasini faollashtiramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!