«Barselona» o‘z kriptovalyutasini chiqardi va u ikki soatdayoq sotib tugatildi!

  •   DiMaX
  •  830
  •  25.06.2020 15:55

«Barselona» o‘z kriptovalyutasini chiqardi va u ikki soatdayoq sotib tugatildi!

Hozirda kriptovalyutaning turi ko‘p, hattoki «Barselona» sport klubi ham o‘zining BAR nomli kriptopulini taqdim etdi. Fanatlar uni jamoa hayotida qatnashish, kolleksion tovarlarga to‘lash, so‘rovlardan o‘tish va boshqa maqsadlarda qo‘llashlari mumkin.

O‘QING: «Taka bo‘lsin – sut bersin»: Lionel Messi blokcheyn-smartfonni reklama qiladi

Mazkur kriptovalyuta bo‘yicha raqamli tokenlarning ishlab chiqilishi Chiliz blokcheyn-startapi platformasida amalga oshirilmoqda. Klubning o‘z kriptopulini chiqarish qarori fevraldan beri ma’lum edi, tokenlarning sotuvi esa 22 iyunda boshlandi.

«Barselona» ishqibozlari har biri 2 yevro turadigan kolleksion buyumlarni atigi ikki soatda sotib olib tugatishgan. Servis rahbari Aleksandr Dreyfus o‘zining Twitter-akkauntida yozishicha, 2 daqiqada 106 mamlakatdan ishqibozlar 700 ming dollardan oshiq narxdagi tokenlarni xarid qilishgan.

O‘QING: Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.