Batafsil yo‘riqnoma: «Odnoklassniki»dan profilni butkul o‘chiramiz!

  •   DiMaX
  •  12727
  •  13.09.2019 17:10

Batafsil yo‘riqnoma: «Odnoklassniki»dan profilni butkul o‘chiramiz!

O‘zbekiston aholisi keng foydalanayotgan servislardan biri «Odnoklassniki» bo‘ladi. Biroq Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram messenjeri kabilar tobora ommalashayotgani ham bor gap.

O‘QING: Telegram'ni unuting, endi O‘zbekistonda Odnoklassniki rekord darajada tez yuklanadi!

«Odnoklassniki»da foydalanuvchi o‘z akkauntini o‘chirib tashlashi birmuncha murakkab – buning uchun kerakli tugmachalar «yarq» etib ko‘rinib turmaydi. Shu boisdan quyida ushbu jarayonni qadam-baqadam ko‘rsatib o‘tamiz.

YoDDA TUTING: Profilingizni o‘chirib yuborganingizda, oldin unga joylangan barcha ma’lumotlar – postlar, izohlar, yozishmalar, surat va videolar qayta tiklanmas bo‘lib yo‘qolib ketadi. Shunga rozi bo‘lsangiz, ketdik...

  1. Kompyuter yoki noutbukdan «Odnoklassniki»ning to‘liq versiyasini ochib, login va parolni tergan holda o‘z akkauntingizga kirasiz. Sahifaning eng oxiridagi «Reglament» bo‘limiga o‘tasiz.

  1. Ochilgan sahifani varaqlab eng oxirigacha tushasiz va shu yerdagi «Otkazatsya ot uslug» tugmachasini bosasiz.

  1. Endi ochilgan oynachadagi barcha ogohlantirishlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingiz kerak. Shundayam «Odnoklassniki»da profilingizni yo‘q qilish fikridan voz kechmasangiz, parolingizni yana bir marta kiritasiz va «Udalit» tugmachasini bosasiz.

Bo‘ldi – bu profilingiz butkul o‘chirildi, endi uning o‘zini ham, unga kiritgan barcha ma’lumotlaringizni ham qayta tiklay olmaysiz.

O‘QING: Texno-maslahat: Facebook sahifani vaqtincha yoki butunlay o‘chirish

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!