Beeline abonentlariga 3000 MBlik bonus «Beepul» berilyapti!

  •   DiMaX
  •  5020
  •  20.05.2020 11:31

Beeline abonentlariga 3000 MBlik bonus «Beepul» berilyapti!

Bilayn mobil aloqa operatori Beeline TV’dagi 60 dan ortiq telekanallarga bepul kirish muddatini uzaytirgan edi. Shuningdek, koronavirus tufayli karantin sharoitida u yana oltita saytga kirishni bepul qilgan.

O‘QING: Sizga faqat internet kerakmi?

Kompaniya bugun – 20 may kuni o‘z abonentlari uchun yana bitta qulaylikni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Beepul ilovasida yangi ro‘yxatdan o‘tgan mijozlarga 3000 megabaytli bonus taqdim etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot:

- 3000 MB bonus, oldindan to‘lov tizimidagi Beeline abonenti bo‘lgan Beepul ilovasida yangi foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan (bunda 30 kun davomida bunday raqam Beepul ilovasida ro‘yxatdan o‘tmaganligi hisobga olinadi) va noyob kartani qo‘shib, unga ko‘ra Beepul tizimida hech qanday tranzaksiyani amalga oshirmaganlarga taqdim etiladi;

- 3000 MB bonus, «Bolajon» tarif rejasi va «ProInternet» («1 GB», «3 GB») turkumidagi tarif rejalaridan tashqari, oldindan to‘lov tizimining tarif rejalarida bo‘lgan abonentlarga taqdim etiladi;

- 3000 MB bonusning foydalanish muddati ulangan paytidan boshlab 30 kunni tashkil etadi. 30 kundan so‘ng, internet-paket qayta ulanmasa, foydalanilmagan MBlar bekor qilinadi;

- agar abonent bonus paketining amal qilish muddati tugashidan oldin boshqa internet-paketni ulasa, unda bepul MBlarning foydalanish muddati tanlangan internet-paketiga qarab amal qiladi.

O‘QING: Beeline'ning yangi va hamyonbop tariflari bilan tanishing

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!