«Beeline» poytaxtning oltita tumanida tarmoq qoplamini kengaytirdi

  •   DiMaX
  •  350
  •  23.02.2019 09:18

«Beeline» poytaxtning oltita tumanida tarmoq qoplamini kengaytirdi

«Beeline» aloqa operatori Toshkent shahrining Bektemir, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida yangi 4G tayanch stansiyalari ishga tushirilgani haqida xabar qiladi.

Yangi uskunalarning o‘rnatilishi natijasida xizmat ko‘rsatish darajasining oshirilishi bilan birga, «Beeline» tarmog‘ining qamrov doirasi sezilarli darajada kengaytirildi. O‘rnatilgan qurilmalar Oltintopgan, Sh.Rustaveli, Aviasozlar, Yangizamon, Qo‘shrabot va Arnasoy ko‘chalari bo‘ylab yanada yuqori sifatli signalni taqdim etdi.

O‘QING: “Beeline Uzbekistan" bosh direktori: 100 mlrd so‘mdan ortiq daromadimiz raqobatdoshlar foydasiga olib qo‘yilgan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!