“Beeline Uzbekistan" bosh direktori: 100 mlrd so‘mdan ortiq daromadimiz raqobatdoshlar foydasiga olib qo‘yilgan

“Beeline Uzbekistan

- Birgina so‘nggi yil davomida telekom va monopoliyaga qarshi tartibga soluvchilarning yordami bilan Beeline'ning radiochastota spektrining sezilarli qismi va 100 mlrd so‘mdan ortiq daromadi interkonnektning tugatish maqsadida raqobatdoshlarining foydasiga olib qo‘yilgan, - deydi “Beeline Uzbekistan"ning bosh direktori Dmitriy Shukov Spot'ga bergan intervyusida.

Shuningdek, Dmitriy Shukov respublikadagi AKT faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tgan. Xususan, direktor o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti 2018 yilni "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilganda Beeline'da texnologik, eng muhimi AKTdagi doimiy yutuqlarga umid qilganligini, afsuski, bir yil o‘tib bugun ushbu imkoniyat qo‘ldan boy berilganini aytgan. 

Shu bilan birga, turli instansiyalar tarmoq rivojlanishiga ko‘proq investitsiyalarni jalb etishni tavsiya etmoqda. Aynan Beeline kamida yarim yildan buyon tashqi internet-kanalga chiqish imkoniyatini monopoliyalashtirmaslik g‘oyasini ilgari surganligini, 2020 yilga kelib xalqaro tarmoqlarga chiqish huquqi barcha o‘yinchilarga berilishi haqidagi xabarlarning tarqalishi bu yo‘nalishda rivojlanish bo‘lishiga yangi umid bag‘ishlaganini ta’kidlangan.

O‘QING: Namanganda uyali telefonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Dmitriy Shukovning fikricha, gap, hatto, to‘rtta mobil aloqa operatorining ikkitasi davlatga tegishli bo‘lgan og‘ir bozor tuzilishi haqida bormayapti. Bu hech qanday savollarni ham keltirib chiqarmaydi, chunki vaziyat shuni taqozo etmoqda. Biroq boshqaruvchining yildan-yilga soliq to‘lovchilar va xususiy operatorlar hisobiga davlat operatorlari va preferensiyalarga beradigan imtiyozlari kishini hayratga soladi. Butun dunyoda davlat korxonalari, ayniqsa servis sohasidagi korxonalar ko‘pincha past samarali bo‘lishadi: ular bir xil sharoitlarda ko‘proq resurslardan foydalanishsa-da kam natijalarga erishishadi. Uzmobile esa bundan mustasno.

Beeline rahbarining fikricha, milliy telekommunikatsiya tarixida foydalanuvchilar internet tezligi va sifati borasida Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yilidagi kabi hali hech qachon bunchalik salbiy fikrda bo‘lmagan. Odamlar butun dunyo YouTube va Facebook xizmatlaridan nega erkin foydalanayotgan paytda O‘zbekistonda faqatgina VPN orqali ulanish mumkinligiga tushunmay hayratda qolmoqdalar.

- AKT faqatgina bozor sharoitida rivojlanayotganligini anglab yetilmagunga qadar byudjet yangi yo‘qotilgan texnologik rivojlanish yillaridan katta yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi. Rivojlangan AKT sohasining asosiy benefitsiari esa abonent va umuman iqtisodiyotdir,-degan “Beeline Uzbekistan"ning bosh direktori.

O‘QING: Telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishda yana bir hamkorlik boshlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!