Bepul VPN kerakmi? Endi Opera’ning o‘zi yetarli!

  •   DiMaX
  •  2550
  •  08.02.2019 09:55

Bepul VPN kerakmi? Endi Opera’ning o‘zi yetarli!

Internetga uyali telefon orqali kiruvchilar orasida aynan Opera VPN eng ommalashgan servis edi. Ammo Opera Software kompaniyasi o‘tgan yilning bahorida ushbu xizmatini to‘xtatgandi.

O‘QING: Ayni Telegram bloklanayotganida, Opera VPN – cheklovni «aylanib o‘tish» servisi ham to‘xtatilyapti

Kompaniya kecha mobil internet foydalanuvchilari uchun xushxabar e’lon qildi: u Android-qurilmalarga VPN xizmatini qaytarmoqda! Faqat endi avvalgidek alohida dasturiy ta’minot emas, balki Opera mobil brauzeriga qo‘shimcha funksiya sifatida.

Mazkur ilovada VPN sozlamalar menyusi orqali faollashtiriladi va butkul bepul. Ayni damda ushbu funksiya beta-test rejimida tekshirib ko‘rilmoqda.

Dasturchilarning ta’kidlashlaricha, ular VPN-server orqali o‘tuvchi ma’lumotlardan hech birini to‘plashmaydi. Aytish kerakki, kompyuterlarga mo‘ljallangan desktop Opera dasturida ham shunga o‘xshash funksiya avvaldan bor, ammo iOS-devayslar uchun Opera ilovasida VPN xizmati taqdim etilishi haqida hozircha biror xabar yo‘q.

Android tizimli gadjetlar egalari Opera brauzerini mana bu ilova orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!