Besh baravar arzon «xitoycha iPhone X»ga hoziroq buyurtma berishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  6717
  •  09.06.2018 14:35

Besh baravar arzon «xitoycha iPhone X»ga hoziroq buyurtma berishingiz mumkin!

Kupertinoliklarning yubiley superflagmani – iPhone X dunyodagi eng ilg‘or smartfonlardan biridir. Uning taqdimotidan so‘ng boshqa smartfonsozlar ham uning dizaynida yangi modellar yaratishga tushib ketishganidan xabaringiz bor.

O‘QING: X — xaypojorlar. Kim iPhone X’ dan nusxa ko‘chirayapti?

Yubiley ayfoni har taraflama yuksak, shu jumladan – narxi borasida ham. Axir, AQShning o‘zida unga 999 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan, boshqa mamlakatlarda, xususan, Toshkentda esa u yanada qimmat.

iPhone X’dagi imkoniyatlar uchun bunchalik pul to‘lash shartmas, deb hisoblagan xitoyliklar esa uning salkam aynan nusxasi bo‘lgan yangi smartfon yaratishdi. Android tizimida ishlovchi, Ulefone X nomli bu qurilma hatto narx-imkoniyat mutanosibligi bo‘yicha Apple superflagmanidan o‘zib ham ketdi.

Xullasi kalom, 2018 yilning 8 iyunida Ulefone kompaniyasi taqdim etgan bu smartfonning 5,85 dyuymli IPS-ekrani ham kupertinoliklarning superflagmaniga aynan o‘xshash. Korpus old yuzasining 91 foizini egallagan displeyning tomonlari o‘zaro 18,9:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa HD+ formatida.

O‘QING: Suv va changdan qo‘rqmaydigan, ko‘p funksiyali Ulefone Armor X smartfonini 120 dollarga oling! (+video)

Ulefone X asosiy karkasi metalldan ishlangan bo‘lib, u korpus mustahkamligini ta’minlaydi. Korpusning orqa qopqog‘i esa shishadan qilingan. iPhone X orqa qopqog‘ida Apple logotipi joylashgan bo‘lsa, uning xitoycha klonida xuddi shu joyga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.

Ulefone X’ning texnik ta’minotiga keladigan bo‘lsak, unga MediaTek Helio P23 (MT6763) protsessori o‘rnatilgan. Ushbu chip 2,5 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni hamda Mali-G71 MP2 grafik tezlatgichini o‘zida jamlagan. Smartfon 4 GB tezkor va 64 GB doimiy flesh-xotiraga ega, tag‘in slotiga microSD rusumli karta joylash evaziga uning xotirasini yana 256 gigabaytga oshirish imkoni bor. Darvoqe, ikkita SIM-karta bilan ishlay olishi, shuningdek, 4G VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi modemga egaligi ham alohida diqqatga sazovor.

Mazkur smartfonning mustaqil ishlashini 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyatori ta’minlab beradi. Uning Qi standartiga ko‘ra simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega ekanligini ham aytib o‘tish o‘rinli.

Ta’kidlanishicha, Ulefone X to‘la quvvat bilan suhbat rejimida 10 soat, kutish rejimida esa naq 290 soatgacha ishlay oladi. Batareyaning quvvati 10 soat tinimsiz video ko‘rishga yoki 20 soat musiqa tinglashga ham yetadi.

O‘QING: Ulefone Armor Mini – quvvati 21 kunga yetuvchi, «o‘ldirib bo‘lmas» arzon telefon

«Xitoycha iPhone X»ning asosiy kamerasi 16 va 5 megapikselli modullardan iborat. Korpusning old yuzasida esa selfilar uchun 13 megapikselli kamera qo‘ndirilgan. Ishlab chiqaruvchining da’vo qilishicha, u smartfonni yuzni tanish yordamida qulfdan chiqaruvchi Face Unlock funksiyasiga ham ega. Bu smartfon qadoqdayoq eng so‘nggi – Android 8.1 Oreo operatsion tizimi bilan ta’minlangan. Undagi Project Treble funksiyasi esa Google’dan yangilanishlarni birinchilar qatorida olib turishga imkon beradi.

Xaridorlarga u oq va qora rangli korpuslarda taqdim etiladi. Ulefone X’ning yuqoridagi va boshqa imkoniyatlari hamda hashamdor dizaynidan tashqari, narxi ham kishini quvontiradi. Axir, unga atigi 199 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan, bu esa iPhone X’ning AQShdagi narxidan ham roppa-rosa 5 baravarga arzon!

AliExpress onlayn platformasidagi ayrim sotuvchilar allaqachon bu smartfonni chegirmalar bilan – atigi 180 AQSh dollari narxida savdoga chiqarib ulgurishgan. Unga hozirning o‘zidayoq buyurtma berish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tsangiz bo‘ladi. Birato‘la u yerda Ulefone X’ning boshqa xususiyatlari hamda turli rasmlari bilan tanishib olasiz.

Bordiyu onlayn savdo masalasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa yoki bu borada biror muammoga duch kelishdan cho‘chisangiz, u holda bizning ko‘magimizga tayanishingiz ham mumkin.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.