Beshta modeldagi ayfon tugatilib, iPhone 7 va iPhone 8’lar arzonlashyapti

  •   DiMaX
  •  1555
  •  06.05.2019 07:06

Beshta modeldagi ayfon tugatilib, iPhone 7 va iPhone 8’lar arzonlashyapti

Apple korporatsiyasi ixcham iPhone SE modelini hamda iPhone 6 turkumidagi smartfonlarini ishlab chiqarishdan olib tashlayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi. Ayfonlarning butlovchi qismlarini yetkazib berish tizimidagi o‘z manbalariga tayanib xitoy nashrlari buni tasdiqlagan.

O‘QING: Apple’ning eng ko‘p sotilayotgan gadjeti ma’lum bo‘ldi – bu iPhone emas!

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Apple shu yilning 3 may sanasidan iPhone SE, iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6S hamda iPhone 6S Plus modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatgan.

Ushbu rusumlardagi ayfonlar 2014 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan muddatda taqdim etilgan – demak, ular o‘z vazifalarini bajarib bo‘lishgan. Xabarga ko‘ra, iPhone 6 turkumidagi smartfonlardan shu kungacha jami 250 million donadan oshiq sotilgan. Ya’ni, bu – Apple’ning eng ko‘p sotilgan ayfonlaridandir. Shu bois ham kupertinolik korporatsiya mazkur smartfonlarning ishlab chiqarilishini to‘xtatishdan avval, sotilganlarini ta’mirlashda asqotishi uchun ularning butlovchi qismlaridan yetarlicha g‘amlab ham qo‘ygan.

iPhone SE hamda oltinchi avlod ayfonlarini ishlab chiqarish to‘xtatilgach, kuzatuvchilarning fikricha, iPhone 7 hamda iPhone 8 turkumlaridagi smartfonlar arzonlashuvi kutilmoqda. Zero, avvalgi modellar belgilab turgan eng arzon ayfon maqomi endi shularga qoldi va Apple hamisha o‘z mijozlari uchun nisbatan arzon smartfonlarni ham taklif etib keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da iPhone’lar ham arzonlashdi – narxlar bilan tanishing! (2019 yil 30 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.