Bill Geyts o‘zining Microsoft rahbari sifatidagi eng katta xatosini tan oldi

  •   DiMaX
  •  2398
  •  24.06.2019 13:24

Bill Geyts o‘zining Microsoft rahbari sifatidagi eng katta xatosini tan oldi

Dunyodagi eng boy kishilardan biri bo‘lmish Bill Geyts o‘z hayotidagi eng yirik xatosini aytdi. Microsoft hammuassisining mazkur xatosi aynan ushbu korporatsiyadagi faoliyati bilan bog‘liq ekan.

O‘QING: Dunyoning ikkinchi raqamli boy odami tavsiya qilgan 5 ta kitob!

Geyts bu haqda Village Global venchur fondining tadbirida aytib o‘tgan. Uning ishonch va afsus bilan ta’kidlashicha, Apple’niki bo‘lmagan smartfonlar uchun asosiy operatsion tizimning muallifi aynan Microsoft bo‘lishi kerak edi. Lekin «uloq qo‘ldan ketgan» – Google kompaniyasining Android tizimini bozordan siqib chiqarish endi hech kimning qo‘lidan kelmaydi.

Qiziquvchilar bo‘lsa, Microsoft hammuassisining ushbu marosimdagi chiqishini (ingliz tilida) tomosha qilishlari mumkin:

O‘QING: Android "qotili"? - Rossiyada smartfonlarga Astra Linux dasturiy tizimi o‘rnatiladi!

Aytish kerakki, Geytsning kompaniyasi 2000 yildanoq o‘z mobil operatsion tizimi ustida ishlay boshlagan. 2010 yilga kelib, Microsoft uni Windows Phone nomi bilan taqdim etgan. Mazkur tizim smartfonlar orasida ommabopligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni band etgan, keyinchalik Windows Mobile’ga o‘zgargan. Biroq keng ommalashmaganligi sababli, 2018 yilning yanvarida Microsoft mazkur loyihasini ham to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, smartfonlar uchun Huawei tayyorlayotgan HongMeng operatsion tizimi keyingi yildan ommalashuvi kutilmoqda. Xitoydan tashqariga chiquvchi smartfonlarda esa u Oak OS yoki Ark OS nomi bilan taqdim etilishi mumkin. Ammo uning ham baribir Google’ning mobil operatsion tizimidan o‘zib ketib, yetakchilikka chiqishi qiyin.

Android operatsion tizimli aksariyat Huawei smartfonlarini bo‘lsa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Android’dan 60 foizga tezkor HongMeng tizimini Xiaomi, Oppo va Vivo smartfonlarida ham sinab ko‘rishyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!