Birovning ustidan kulmagin zinxor... Yoxud, audiotirqish mashmashasi

Birovning ustidan kulmagin zinxor... Yoxud, audiotirqish mashmashasi

Yangi Samsung Galaxy Note10 bir qancha yangi funksiyalarga ega bo‘lganligi haqida aytib o‘tgandik. Shu bilan birga, smartfonda bir qancha yo‘qotishlar ham yuz bergan. Ulardan biri sifatida, unda 3,5 mmlik audiotirqishning mavjud emasligini aytib o‘tish mumkin.

The Verge jurnalistlari kompaniya xodimi bilan suhbatda nima sababdan yangi qurilmalarda audiotirqishdan voz kechilgani haqida savol berib o‘tishgan. Kompaniya xodimining aytishicha, buning bir qancha sabablari mavjud. Birinchidan, tejalgan joy tufayli akkumulyatorni 100 mA/soatga (taxminan 2-3 %) kuchaytirish imkoniyati yaratilgan. Ikkinchidan, korpus ichida bo‘sh joy bo‘lmaganligi tufayli, vibratsiya sifati yaxshilangan.

Avvalroq Samsung iPhone’larda quloqchinlar uchun 3,5 millimetrlik audiotirqish yo‘qligi hajv ostiga olgandi. Korporatsiya mijozi kelib, o‘z quloqchinini smartfonga qanday ulash kerakligini maslahatchidan so‘raydi. Kompaniya xodimi bunga: «Perexodnik (inglizchada – dongle) ulash kerak», deya javob beradi. Shunda mijozda boshqa savol paydo bo‘ladi: «Qanday qilib bir vaqtning o‘zida ham musiqa tinglab, ham smartfonni quvvatlashim mumkin?» Javob oddiy: «Boshqa perexodnik kerak».

Aytish lozimki, Galaxy Note10 va Galaxy Note10+ komplekti tarkibida ushbu perexodnik ham ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Hali taqdim qilinmagan Samsung Galaxy A71'ni qutisidan ochib, ishlatib ko‘rishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!