Bitta quvvatda ming kilometr yuruvchi vodorodmobil yaratildi!

  •   DiMaX
  •  967
  •  26.03.2019 10:02

Bitta quvvatda ming kilometr yuruvchi vodorodmobil yaratildi!

Xitoyning Wuhan Grove Hydrogen Automobile Co. kompaniyasi vodorodda ishlovchi va bir quvvatlanishda 1000 km yo‘l bosa oluvchi elektromobil prototipini taqdim qildi. Bu haqda «Avtotsentr» nashri xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

O‘QING: Tesla Model 3 himoyasini buzgan xakerlarga elektromobil hadya etildi!

«Xitoy sanoati elektromobil qurilishi tarmog‘ini faol rivojlantirmoqda. Biroq batareyada ishlovchi elektromobillar ortida ko‘pchilik boshqa istiqbolli ishlanma – vodorodda ishlovchi elektromobilni unutib qo‘ymoqda», deb yozilgan nashrda.

Bunday transport vositalari ichida vodorodni parchalab, elektr zaryadi ajratuvchi o‘ziga xos elektr stansiya mavjud. Global ekologik samaradorlik nuqtai nazaridan, bunday elektromobillar an’anaviy akkumulyator batareyalariga ega elektromobillardan yaxshiroq hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, vodorodmobilning prototipi 2020 yilda konveyerga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 

Mashinaning noodatiy dizaynidan tashqari bosh jihati bir quvvatlanishda 1000 km yo‘l bosa olishi hisoblanadi.

 Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mashinaning to‘liq quvvatlanishi bir necha daqiqagina vaqt oladi. Bugungi kunda bir quvvatlanishda eng ko‘p yo‘l bosib o‘ta oluvchi seriyali vodorodomobil Honda Clarity hisoblanib, uning yurish zaxirasi 750 km.ni tashkil qiladi.

O‘QING: 2030 yilgacha barcha avtomobillar elektromobilga almashtiriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!