Boing NASA uchun raketa ishlab chiqarish loyihasini barbod qildi

  •   Saroy
  •  338
  •  15.10.2018 12:31

Boing NASA uchun raketa ishlab chiqarish loyihasini barbod qildi

2017 yil iyun oyida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan Space Launch System raketasi endi qachon chiqarilishi  noma’lum blib qolmoqda. Qolaversa, avvalgi rejalashtirilgan harajat ham  yana ikki milliard dollarga qimmatlashadigan bo‘ldi.

NASA Bosh inspektorining hisobotida yozilishicha,  Space Launch System raketa-tashuvchi 2020 yilda tayyor bo‘lmaydi, parvoz ham kamida bir yilga kechiktiriladi. Bunday bo‘lishda asosiy aybdor buyurtmani olgan «Boing» kompaniyasi, deb ochiqchasiga aytilmoqda. Hisobotda qayd etilishicha, korporatsiya vakillari ishning borishi haqida, yuzaga kelgan haqiqiy ahvol haqida o‘z vaqtida axborot berib bormagan, shuningdek ishning birinchi bosqichini oxiriga yetkazish uchun zarur bo‘lgan ishchilarning ham sonini aytmagan.

O‘QING:NASA uchun g‘aroyib dvigatel namoyish qilindi.

NASA’ning ta’kidlashicha,  kompaniya ishning yarmini ham vaqtida uddalagani yo‘q, qolaversa ishlab chiqarish samaradorligi juda past. Imkoniyatlar qo‘ldan boy berilgan.  «Boing» loyihani amalga oshirishda dastlabki e’lon qilingan byudjet doirasidan chiqib ketgan. Joriy baholashda, birinchi bosqichni oxirigacha yetkazish va parvozga tayyorlash uchun 8,9 milliard dollar kerak. Bu, loyiha xarajati boshda aytilgan raqamdan ikki barobarga ko‘p. Shu bilan birga, bu yerda hali boshqa podryadchilarga sarf qilingan xarajatlar hisobga olinmagan.

Space Launch System loyihasi NASA uchun oxiriga yetkazilmagan bosh og‘rig‘i bo‘lib qolmoqda. Raketaning birinchi parvozi 2017 yil iyun oyida amalga oshirilishi kerak edi, keyin 2020 yilga qoldirildi, endi esa umuman, noma’lum muddatga kechiktirilmoqda. Loyihaning harajatlari uchun NASA sarflagan mablag‘ 2010 yildan to shu davrgacha  12 milliardga yetdi.

O‘QING:Yerga tahdid solayotgan meteoritlar qancha? NASA aniqlik kiritadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!