Booking.com portaliga ham pandemiya pand berdi

  •   DiMaX
  •  215
  •  05.08.2020 13:50

Booking.com portaliga ham pandemiya pand berdi

Global mehmonxonalarni band qilish bo‘yicha yirik holding va xuddi shu nomdagi veb-sayt Booking.com o‘zining 17000 xodimining chorak qismini ishdan bo‘shatishni rejalashtiryapti. Bu haqda Reuters agentligi xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Window Swap – dunyo bo‘ylab turli derazalardan «mo‘ralash» imkonini beruvchi servis!

Qisqartirish umumiy xodimlarning 25 foizigacha bo‘lishi mumkin, deya seshanba kuni ma’lum qildi kompaniya. Kompaniyaning bosh direktori Glenn Fogelning bayonoti Booking Holding xodimlariga videomurojaat shaklida yuborildi.

Booking rahbariyati iloji boricha ko‘proq ish joylarini saqlab qolishga harakat qilishlarini aytishdi. «Afsuski, inqiroz natijasida, boshqa ko‘plab sayyohlik kompaniyalari singari, biz global ishchi kuchini qisqartirish uchun juda qiyin qadamni tashlashimiz kerak va bu ishchi kuchining 25 foiziga ta’sir qilishi mumkin», – deyiladi rahbariyat bayonotida.

Booking.com koronavirus pandemiyasi davrida qisqartirish to‘g‘risida e’lon qilgan ushbu segmentdagi birinchi kompaniya emas. May oyida uy-joylarni bron qilish xizmati – Airbnb keng miqyosda qisqartirishni e’lon qilgandi. Bu kompaniya o‘shanda shtatning to‘rtdan bir qismini – 1900 ga yaqin ishchilarini ishdan bo‘shatgan edi.

O‘QING: Pandemiya pallasida bittagina kompaniya smartfonlari savdosi o‘sdi, tag‘in naq 25 foizga!