Bosh prokuratura IT-mutaxassislarni ishga taklif etmoqda. Boshiga oylik maoshi 6 million so‘mgacha!

Bosh prokuratura IT-mutaxassislarni ishga taklif etmoqda. Boshiga oylik maoshi 6 million so‘mgacha!

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlarni tanlov asosida qabul qilinishini e’lon qildi:

  • Dasturchi — 1 ta bo‘sh lavozimga;
  • Ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi (administratori) — 1 ta bo‘sh lavozimga;
  • Tizim boshqaruvchisi (administratori) — 1 ta bo‘sh lavozimga.

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:

1) dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va uni amaliyotda tatbiq etishda ish tajribaga ega bo‘lishi lozim;

2) dasturlash va texnologiyalashning quyidagi tillarini va ulardan ish jarayonida foydalanishni bilishi lozim:

– Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, PL/SQL, Transact SQL;

– HTML, CSS, JavaScript, Jquery;

– zamonaviy veb freymvorklar (Wicket, Spring va h.k), ORM (MyBatis, Hibemate va h.k);

– WebService, WebSocket, B2B texnologiyalari.

Oracle ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi (administratori) quyidagi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim:

– Unix kabi platformalarda ma’lumotlar bazasi samarali ishlashi uchun serverlarni o‘rnatish va sozlash;

– rad turg‘unlik va rezervlashni sozlash (rman backup, standby);

– ma’lumotlar bazasi va ilova serverlaridan foydalanish jarayonida vujudga keladigan muammolarni tahlil qilish va bartaraf etish;

– SQL so‘rovlarini optimizatsiyalash;

– ma’lumotlar bazasi xavfsizligi va auditini sozlash;

– texnik hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish.

O‘QING:1 yanvardan «Qo‘riqlash Servis» joriy qilinadi va xonadonlarda qo‘riqlash vositalari o‘rnatiladi

Tizim boshqaruvchisi (administratori)quyidagi malaka
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:

– ESXI virtual muhitida Windows 2008 R2, 2012 serverlarini boshqarish, xizmat ko‘rsatish va sozlash;

– xizmat infrastrukturalarini boshqarish (AD, GPO, DNS, DHCP, Exchange, File server, Kerio Control);

– Red Hat cluster suite, shu jumladan Tomcat, LB, iptables bazalarida mantiq biznesi serverlari klasterini boshqarish;

– SVN versiyalari boshqarish sistemalari serverlarini boshqarish;

– VMwarev Sphere bazasida virtualizatsiya sistemalarini boshqarish;

– Cisco: 2801, 2960, 3750, 3560, ASA 5520 tarmoq uskunalarini boshqarish;

– Nagios, Cacti, Zabix monitoring tizimlarini boshqarish;

– serverlarni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish;

– Kasperskiy Security Center, Esset Nod32 antivirus korporativ dasturlarini boshqarish.

Taklif etilayotgan lavozimlar bo‘yicha oylik maoshi 2,4 mln. so‘mdan 6 mln. so‘mgacha (dastlab) va undan yuqori belgilangan. Mutaxassislarga Departament xodimlariga belgilangan moddiy va ijtimoiy himoya choralari qo‘llaniladi.

Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvargacha qabul qilinadi.

O‘QING: «Jonli» Galaxy S10 jamoat joyida «qo‘lga tushdi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!