Boyga balo urarmidi: Facebook asoschisi «asosiy omadsizlar» ro‘yxatidan joy oldi!

Boyga balo urarmidi: Facebook asoschisi «asosiy omadsizlar» ro‘yxatidan joy oldi!

Facebook asoschisi Mark Sukerberg Forbes talqini bo‘yicha omadsiz milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sukerbergning boyligi 2018 yilda 18,7 milliard dollarga kamaygan.

Nashr tomonidan qayd etilishicha, Facebook asoschisi «asosiy omadsizlar» ro‘yxatida yagona amerikalik bo‘lgan.

Omadsizlar uchligiga Zara brendi egasi Amansio Ortega hamda shinalar va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan Continental AG kompaniyasi egasi Georg Sheffler ham kirgan.

O‘QING: Dunyoning eng boy odamlaridan biri Mark Sukerberg: u bekorga boy bo‘lmagan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!