Bu antiqa o‘yinni 14 maygacha olib qo‘ysangiz, keyin bepul o‘ynayverasiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  1188
  •  08.05.2020 17:49

Bu antiqa o‘yinni 14 maygacha olib qo‘ysangiz, keyin bepul o‘ynayverasiz! (+video)

Turli o‘yin studiyalari o‘z koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Masalan, Rebellion kompaniyasi yovuz daho haqidagi Evil Genius o‘yinini tekinga beryapti.

O‘QING: Amazon bepul shuter o‘yin chiqaryapti: xususiyatlari, taqdimot kuni va videosi

Epic Games studiyasi endi o‘ta original bo‘lgan Death Coming o‘yinini bepul tarqatishga qaror qildi. Geymerlar unda naq chalg‘i ko‘targan kampir – Ajal yordamchisini boshqarishlari kerak bo‘ladi!

Death Coming o‘yinining raqamli versiyasini bepul olib qo‘yish uchun mazkur havola orqali o‘tib, «Poluchit» tugmachasini bosasiz. Aksiya 14 may kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da tugaydi, keyin bu o‘yin yana pulli bo‘lib qoladi.

O‘QING: Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)