Bu havolani ochmang – u barcha Apple gadjetlarini «qotirib» qo‘yadi!

  •   DiMaX
  •  1223
  •  17.09.2018 18:31

Bu havolani ochmang – u barcha Apple gadjetlarini «qotirib» qo‘yadi!

Kupertinolik texnogigantning zamonaviy gadjetlari qanchalik ishonchli va baquvvat, dasturiy ta’minoti mukammal bo‘lmasin, hatto uni ham osongina buzish yo‘llari uchrab turadi. Jumladan, axborot xavfsizligi sohasidagi tadqiqotchi Sabri Xeddouch kuni kecha Apple taqdim etgan operatsion tizimlardagi bitta «tuynuk»ni aniqladi.

O‘QING: iPhone va Mac’larni bittagina belgi yuborish bilan ishdan chiqarsa bo‘lar ekan!

Sabri Xeddouch aniqlagan zaiflik iOS, watchOS va macOS tizimlarining barchasida mavjud. Safari brauzeridagi CSS-kodning bir necha satrlarini qayta ishlashga urinish jarayonida ushbu tizimlar og‘irlashib, qotib qoladi va oqibatda qurilma o‘chib-yonadi.

Tizimning o‘chib-yonishiga olib keluvchi kod HTML tilida yozilgan, juda ko‘p miqdorda div qismlarini o‘z ichiga olgan bir necha satrdan iborat.

Taxminlarga ko‘ra, bunda xatolik WebKit dvijogida bo‘lib, yadroning ishida uzilish keltirib chiqaradi. Pirovardida yadro faoliyati to‘xtaydi va operatsion tizim o‘z-o‘zidan o‘chib-yonadi.

Tabiiyki, Apple texnikalarining «kushandasi» bo‘lgan sayt havolasini ham Xeddouch taqdim etgan:

https://cdn.rawgit.com/pwnsdx/ce64de2760996a6c432f06d612e33aea/raw/23f2faa0aad...

Ammo iPhone, Apple Watch va Mac egalari qiziquvchanlik bilan bu havolani bosib ko‘rmasliklarini tavsiya etamiz. Ushbu havolani ochiq berishdan maqsadimiz shuki, siz uning shunchaki boshlanishini eslab qolishingiz kerak. Bordiyu internetda, messenjerlar orqali kimdir hazillashib sizga mana shunday boshlanuvchi havolani yuborsa, uni bosib ko‘rmay qo‘yaqolasiz.

O‘QING: Smartfonni "o‘ldiruvchi" xatolaringiz

Aytish kerakki, boshqa operatsion tizimlardagi qurilmalar yuqoridagi havola orqali o‘tishdan cho‘chimasalar ham bo‘ladi, ammo buning foydasi ham yo‘q. Chunki u sizni mana bunday «cheksiz» saytga eltadi:

Xabar qilinishicha, Apple allaqachon bu «tirqish»dan xabar topgan va uni «yopish» ustida ishlamoqda.

O‘QING: Telegram orqali bitta xabar yuborish bilan smartfonni «o‘ldirish» yo‘li topildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!