Bu safar 100% aniq va tiniq: Internet Explorer bizni bizni bir umrga tark etdi

Bu safar 100% aniq va tiniq: Internet Explorer bizni bizni bir umrga tark etdi

So'nggi yillarda Microsoft'ning Internet Explorer brauzeri ana "o'ldi", mana "o'ldi" kabi xabarlar shu qadar ko'p chiqdiki, ularni sanab sanoqda adashib ketasan kishi. Chunki Microsoft bu ishni yildan yilga cho'zib kelayotgan edi. Mana o'sha kun ham keldi. Bugundan boshlab Microsoft o'zining Windows 10 operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarida Internet Explorer 11 brauzerini to'liq, 100% o'chirmoqda.

Microsoft o'zining hozirgi Edge brauzeri uchun yangilanish chiqardi. Ushbu yangilanishni qabul qilganingizdan so'ng siz Windows 10 kompyuteringizda Internet Explorer brauzerini ocha olmaysiz. Agar bunga harakat qilsangiz "Internet Explorer kelajagi Microsoft Edge'da" matnli bannerni ko'rasiz. O'zgarish barcha uchun avtomatik ravishda qo'llaniladi va buni qaytarishning iloji yo'q.

Aytish kerakki, Microsoft ilk marotaba 2015-yilda, Windows 10 va u bilan birga Edge brauzerini chiqarish bilan Internet Explorer brendidan voz kechayotganligi ma'lum bo'lgan edi. Internet Explorer'ning o'chirilishi haqidagi birinchi xabarlar 2020-yilda paydo bo'ldi. Shundan so'ng kompaniya 2022-yil iyun oyida eski brauzerini yangisi evaziga qo'llab-quvvatlashni to'xtatdi. Kecha Microsoft Edge uchun chiqarilgan yangilanish esa Windows'ning barcha versiyalarida (LTSC va Xitoy hukumati versiyalaridan tashqari) IE brauzerini ishga tushirishdan mahrum qildi. Internet Explorer bizni bir umrga tark etdi. Alvido!

O'QING: Meizu smartfonlar bozoriga qaytmoqda