Bu yil Apple chiqaradigan 15 xil yangi devays bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  885
  •  21.04.2020 15:17

Bu yil Apple chiqaradigan 15 xil yangi devays bilan tanishamiz!

Apple korporatsiyasi yaqinda iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) smartfonini taqdim etdi. Endi esa u navbatdagi – iPhone 12 turkumidagi flagmanlarini kuzda namoyish etishi kerak.

O‘QING: iPhone 12 Pro Max dizayni bilan renderlarda tanishamiz

@L0vetodream nikli insayder esa Apple kompaniyasi 2020 yili chiqaradigan gadjetlar ro‘yxatini taqdim etdi. Unga ko‘ra, kupertinoliklar bu yil 15 dan ortiq nomda yangi mahsulot chiqarishni rejalashtirishgan. Ular orasida ekraniga Touch ID skaneri o‘rnatilgan iPad Air 4 hamda kompaniyaning o‘z o‘yin kontrolleri ham bor.

Demak, bu yilning so‘ngigacha Apple quyidagi qurilmalarni taqdim qiladi:

  1. AirPods 3 (AirPods Lite)
  2. Apple TV 6
  3. AirTag Bluetooth-mayoqchasi
  4. iMac 2020
  5. 12 dyuymlik MacBook (ARM chipli)
  6. AirPods X
  7. AirPower
  8. HomePod Lite
  9. iPad Air 4
  10. iPad 2020 (A12 Bionic chipli)
  11. O‘yin kontrolleri
  12. iPhone 12 Lite (5,4 dyuymlik)
  13. iPhone 12 (6,1 dyuymlik)
  14. iPhone 12 Pro (6,1 dyuymlik)
  15. iPhone 12 Pro (6,7 dyuymlik)

Ta’kidlab o‘tish kerakki, @L0vetodream kamdan-kam hollarda Apple rejalari haqida ma’lumot ulashadi, ammo ularning aksariyati to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Biroq u mazkur devayslarning boshqa xususiyatlari, narxlari va namoyish vaqtlari haqida biror fikr bildirmagan.

O‘QING: Ishonmaysiz, lekin bu iPhone’ning yap-yangisini atigi 25 dollardan sotishyapti!