Bu yilgi uchta iPhone bitta videoda: ular boshqacha nomlanar ekan!

  •   DiMaX
  •  2389
  •  04.08.2018 17:53

Bu yilgi uchta iPhone bitta videoda: ular boshqacha nomlanar ekan!

Kupertinolik gigantning joriy yil sentyabrida taqdim etadigan smartfonlari haqida turli ma’lumotlar tarqalmoqda. Yangi video esa ularning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

O‘QING: Tarmoqlarda iPhone X Plus va iPhone 9’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

Aniqrog‘i, videolavhada bu smartfonlarning o‘zi emas, balki maketlari aks ettirilgan. Ammo, manbaning ta’kidlashicha, ular Apple’ning 2018 yilda namoyish etadigan ayfonlarining aslidek qilib ishlangan.

Mana, birga tomosha qilamiz:

Lekin mazkur videoda smartfonlar maketlaridan ham qiziqrog‘i – ularning nomlanishidir. Agar shu manbadagi ma’lumot to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, u holda sentyabrda iPhone Xs, iPhone Xs Plus hamda iPhone (2018) rusumli ayfonlarni ko‘ramiz. Bulardan birinchisi o‘tgan yilgi iPhone X modelining yangilangan versiyasi bo‘lsa, ikkinchisi – uning kattalashtirilgan talqini. Uchinchisi esa IPS-ekranli ayfon bo‘ladi.

Tabiiyki, Apple’ning o‘zi yangi smartfonlari borasida biror rasmiy ma’lumot bermayapti. Bu boradagi yangiliklarni birinchilar qatorida kuzatib borish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: 2018 yilgi iPhone’lar suratlarda solishtirib ko‘rildi