Bukiluvchan Samsung Galaxy X haqiqiy eksklyuziv bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1713
  •  10.10.2017 10:34

Bukiluvchan Samsung Galaxy X haqiqiy eksklyuziv bo‘ladi

Samsung’ning bukiluvchan tuzilishga ega Galaxy X modeli, narxi balandligi bois, iPhone X’dan ham noyob smartfon bo‘ladi. Bu gadjet umumiy 100 ming donagina ishlab chiqariladi va faqat kam sonli mamlakatlar bozori uchungina taqdim etiladi, deb yozadi Forbes.

Yangicha qurilmani bunday kam adadda chiqarishi, ehtimol, yaxshi natijalar ko‘rsatmasa, uning ishlab chiqarilishini darrov to‘xtatish uchun ham kerakdir. Agarda Galaxy X modeli muvaffaqiyatli chiqsa, keyinchalik – ikkinchi partiyasida Janubiy Koreyadan uzoqroqda joylashgan boshqa mamlakatlar uchun ham taqdim etilishi mumkin.

Shunday bo‘lgan taqdirda ham, bu – Samsung Electronics uchun birinchi holat emas. Kompaniya avval ham shunday qilgan – qayrilma displeyli ilk Samsung Galaxy Round smartfoni bir vaqtlar bor-yo‘g‘i 10 ming dona sotilgan. Mana uning natijasi – bugun Samsung smartfon bozorida peshqadam.

Aytish kerakki, Samsung’ning buklama smartfoni haqidagi xabarlar shu yilning mart oyida tarqala boshlagan. Sentyabrda esa kompaniya bukiluvchan smartfonni sertifikatlash bo‘yicha Koreya radiotadqiqotlar agentligiga patent arizasini topshirgan.

Shuningdek, Xitoyning ZTE kompaniyasi ulkan displeyli, ammo ixchamlik uchun ikki buklab ishlatish ham mumkin bo‘lgan smartfon – kodli nomi Axon Multy bo‘lgan qurilmasini tayyorlamoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.