Buklama iPhone’ning chiqish vaqti aytildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1606
  •  24.03.2018 14:45

Buklama iPhone’ning chiqish vaqti aytildi (+video)

Ko‘pchilik smartfonsozlar buklama telefon yaratish ustida ish olib borayotganidan, bu borada ma’lum yutuqlarga erishilgani – o‘rama displeylar taqdim etilgani xabaringiz bor. Shular qatori, Apple kompaniyasi ham buklanuvchan iPhone taqdim etishda yetakchilikka intilayotir.

O‘QING: Samsung barmoq izi skaneriga ega o‘rama ekranli qurilma yaratdi! (+video)

Merrill Lynch sarmoyalar banki tahlilchisi Vamsi Mohan (Wamsi Mohan) fikriga ko‘ra, kupertinolik gigant bunday antiqa form-faktorli ayfonini ikki yildan so‘ng namoyish etishi mumkin. Tahlilchi bir necha hafta mobaynida Osiyo mamlakatlarida bo‘lib, Apple korporatsiyasining turli butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi hamkorlari bilan uchrashib, shu xulosaga kelgan.

Buklama iPhone konsepti

Vamsi Mohanning ta’kidlashicha, yig‘ma iPhone taqdimoti 2020 yilda bo‘lib o‘tadi va, katta ehtimol bilan, bu qurilma hozirgi planshetlar o‘rnini egallaydi. Zero, yoyilgan holatida u iPad form-faktoriga kiradi-da.

O‘QING: Apple «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chiyapti

Mana, buklama iPhone’ga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani birgalikda tomosha qilamiz:

Aytib o‘tish o‘rinliki, Apple o‘tgan yilgi iPhone X superflagmanidayoq qayishqoq OLED-displey qo‘llagan. Uning chekkalari qayrilib smartfon korpusi ichiga kirgan; shu qismida ekran kontrolleri joylashgan.

iPhone X’ning qayishqoq OLED-displeyi

Bunday qiziqarli muhandislik yechimi yubiley ayfonida korpusning pastki romini kichraytirish imkonini bergan.

O‘QING: MWC 2018’da rekord: eng antiqa dizaynli smartfonlar va boshqa gadjetlarni kim olib kelgan?