Bunaqasi avval bo‘lmagan: «Boing» AQSh armiyasidan «asr buyurtmasini» oldi

  •   Saroy
  •  916
  •  06.10.2018 10:15

Bunaqasi avval bo‘lmagan: «Boing» AQSh armiyasidan «asr buyurtmasini» oldi

Kompaniya amerikalik uchuvchilar uchun mashq samolyotlarini yaratish bo‘yicha tender g‘olibi bo‘ldi.

Samolyot Boeing T-X deb ataladi. Unda amerikalik yosh uchuvchilar o‘quv mashqlarini bajaradi, jangovor parvozlarning sir-asrorlarini o‘rganadi. Yangi samolyot avvalgi, 1959 yilda yaratilgan  afsonaviy Northrop T-38 Talon  o‘rnini egallaydi.  Ushbu «Talonlarda» uchuvchilarning bir nechta avlodi yetishib chiqdi: Unda nafaqat 75 ming nafar bo‘lajak harbiy uchuvchilar, balki NASA astronavtlari ham tayyorgarlikdan o‘tishgan. T-38 samolyotlarining umumiy parvoz soati esa 13 million soatni tashkil etadi.

Endi afsonani muzeyga jo‘natish vaqti keldi. Yaqin orada yangi 351 Boeing T-X AQSh mudofaa vazirligi ixtiyoriga topshirila boshlaydi. Bundan tashqari, Boeing korporatsiyasi  Pentagonga o‘quv samolyotlari uchun uskunalar, 46 ta parvoz simulyatorlar ham tayyorlaydi. Buyurtmaning jami narxi  9,2 milliard  dollarni tashkil etadi. Bu aviatsiya gigantining buyurtmalar bo‘yicha  yagona muvaffaqiyati emas.  Yaqindagina Boeing AQSh armiyasi uchun yoqilg‘i quyish samolyotlarini yaratish bo‘yicha tenderni ham yutib olgan edi.

O‘QING:Mamlakatlarning harbiy samolyot va vertolyotlari soni bo‘yicha Flight International ro‘yxati tuzildi

Boeing T-X Shveyiyaning  SAAB kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. U tezligini soatiga 1300 kilometrgacha yetkaza oladi, parvoz qiladigan balandligi  15000 metrgacha. Samolyotni  General Electric  kompaniyasi tomonidan yaratilgan turboventilyatorli F404 dvigateli harakatga keltiradi. Bunday dvigatellar anchadan buyon F/A-18 Hornet qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarida ishlatilib kelinadi.

O‘QING:Samolyotlar o‘rgimchak tolasidan tayyorlanadi