Bunaqasi bo‘lmagan: Android P ikkita «kemtik»li kelajak smartfonlarini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1073
  •  11.05.2018 12:19

Bunaqasi bo‘lmagan: Android P ikkita «kemtik»li kelajak smartfonlarini ko‘rsatdi

Bugungi kunda ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar iPhone X dizaynida – «o‘yiq»li ekranga ega smartfonlar yaratayotganidan xabaringiz bor. Hatto xitoyliklar bu borada yanada ilgarilab ketgani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: ZTE biryo‘la ikkita «kemtik»li ekranga ega smartfon chiqaradi

Bu dizayn ham trendga aylanishi mumkinligini hisobga olib, Google dasturchilari mobil operatsion tizimning Android P talqinida smartfon ekranining ham yuqori, ham pastki «o‘yiq»larini qo‘llab-quvvatlash funksiyasini joriy etishdi.

Aytish kerakki, dastlabki Android P Developer Preview talqinida displey tepasida har xil o‘lchamli «kemtik»ni tanlash mumkin edi. Uning ikkinchi beta-versiyasida bo‘lsa nafaqat «yakkaqosh» shaklidagi yuqori «o‘yiq», balki «soqol» tarzidagi pastki «kemtik»ka ega ekranlarni ham qo‘llab-quvvatlash funksiyasi tatbiq etilgan. Shuningdek, yuqoridagi «kemtik»ning o‘rtada emas, balki o‘ng burchakda joylashishi varianti ham mavjud.

Balki yaqin kelajakda shu kabi turli variantlarda «o‘yiq»larga ega displeyli smartfonlar ham ishlab chiqarilar. Android dasturchilari esa hozirdanoq ularga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

O‘QING: Android P beta-versiyasi chiqdi. Qaysi smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatish mumkin?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!